Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA ayrim futbol qoidalariga o‘zgartirish kiritishni so‘rab FIFAga murojaat qildi

UEFA ayrim futbol qoidalariga o‘zgartirish kiritishni so‘rab FIFAga murojaat qildi

Автор: admin

UEFA tashkiloti futbol qoidalariga o‘zgartirish kiritishni so‘rab FIFAga rasmiy murojaat yo‘lladi.
Yevropa futbol ittifoqi jarima maydoni ichida qo‘l bilan atayin o‘ynalmagan holatlarda penalti belgilashni to‘xtatishni so‘radi.
To‘p bilan muomala qilish vaqtidagi har bir qoida buzilishiga e’tibor qaratish orqali qabul qilingan qarorlar futbol olamini hayratga solmoqda va yoqimsiz ko‘rinmoqda.
O‘yin ruhi doim saqlanib turilishi kerak. Jarima maydoni ichida qo‘l bilan harakat qilish holatlari avvalgi qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Yangi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish kerak.
To‘p qo‘lga tasodifan tegib ketish holatlari juda ko‘p uchraydi. Bu holatlardan qochib qutulib bo‘lmas ekan, ular o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
Yaxshilik ilinjida qabul qilingan qaror natija bermaganini tan olishning uyat joyi yo‘q. Shu sabab bu qoida ko‘rib chiqilishi kerak.
Aleksander Cheferin, UEFA prezidenti
Ta’kidlanishicha, FIFA prezidenti Janni Infantino mazkur murojaatni yaqin orada ko‘rib chiqadi.
151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *