Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa Ligasi. “Tottenhem” va “Napoli”da g‘alaba, “Roma” ChFRga javobsiz 5 ta gol urdi

Yevropa Ligasi. “Tottenhem” va “Napoli”da g‘alaba, “Roma” ChFRga javobsiz 5 ta gol urdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 6-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Roma” o‘z maydonida Klujning ChFR jamoasini qabul qildi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Borxa Mayoralning dubli, Genrix Mxitaryan, Rojer Ibanes va Pedroning gollari rimliklarga uch ochko taqdim etdi.
“Bayer” safarda “Xapoel” bilan o‘ynadi. Uchrashuv debyutida Leon Beyli nemislarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari Akolatsening dubli bilan javob qaytardi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida hisob tenglashdi. Ikkinchi bo‘lim oxirlab borayotgan bir vaqtda bosimni kuchaytirgan “Bayer” ikkita to‘p kiritgan holda g‘alabani naqd qildi. Guruhning narigi o‘yinida “Nitssa” “Slaviya”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Yana bir qiziqarli o‘yin D guruhi vakillari “Benfika” va “Reynjers” o‘rtasida kechdi. 19-daqiqada bir o‘yinchi kam bo‘lib qolgan mezbonlar so‘nggi iroda namoyish qildi va so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
F guruhida “Real Sosyedad” o‘z maydonida AZ ustidan minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Napoli” esa safarda “Riyeka”ni irodali tarzda yengdi.
J guruhi favoriti “Tottenhem” Bolgariyaga safar qildi va “Ludogorets”ga qarshi maydonga tushdi. Harri Keyn, Lukas Moura va Jovani lo Chelsoning gollari “shporlar”ga g‘alaba olib keldi.
Yevropa Ligasi
3-tur bahslari
5-noyabr, payshanba
A guruhi

“Roma” Italiya — ChFR Ruminiya 5:0

Gollar: 1:0 – 1 Mxitaryan, 2:0 – 24 Rojer, 3:0 – 34 Mayoral, 4:0 – 84 Mayoral, 5:0 – 89 Pedro.
B guruhi

“Rapid Vena” Avstriya — “Dandolk” Irlandiya 4:2

Gollar: 0:1 – 7 Xoban, 1:1 – 22 Lyubichich, 2:1 – 79 Araze, 2:2 – 81, penalti Makmillan, 3:2 – 87 Xofmann, 4:2 – 90 Demir, 4:3 – 90+6, penalti Makmillan.
C guruhi

“Xapoel” Isroil — “Bayer” Germaniya 2:4

Gollar: 0:1 – 5 Beyli, 1:1 – 11 Akolatse, 2:1 – 25 Akolatse, 2:2 – 38, avtogol Dadia, 2:3 – 75 Beyli, 2:4 – 88 Virts.

“Slaviya” Chexiya — “Nitssa” Fransiya 3:2

Gollar: 1:0 – 16 Kuxta, 1:1 – 33 Guiri, 2:1 – 43 Sima, 3:1 – 71 Kuxta, 3:2 – 90 Ndoye.
D guruhi

“Lex” Polsha — “Standard” Belgiya 3:1

Gollar: 1:0 – 14 Skuras, 2:0 – 22 Isxak, 2:1 – 29 Lestyenn, 3:1 – 48 Isxak.

“Benfika” Portugaliya — “Reynjers” Shotlandiya 3:3

Gollar: 1:0 – 1, avtogol Goldson, 1:1 – 24, avtogol Diogu Gonsalvesh, 1:2 – 25 Kamara, 1:3 – 51 Morelos, 2:3 – 77 Rafa Silva, 3:3 – 90+1 Nunyes.
E guruhi

PAOK Gretsiya — PSV Niderlandiya 4:1

Gollar: 0:1 – 20, penalti Zaxavi, 1:1 – 47 Shvab, 2:1 – 55 Jivkovich, 3:1 – 58 Solis, 4:1 – 66 Jivkovich.

“Omoniya” Kipr — “Granada” Ispaniya 0:2

Gollar: 0:1 – 4 Errera, 0:2 – 63 Suares.
F guruhi

“Real Sosyedad” Ispaniya — AZ Alkmar Niderlandiya 1:0

Gol: 1:0 – 58 Portu.

“Riyeka” Xorvatiya — “Napoli” Italiya 1:2

Gollar: 1:0 – 13 Murich, 1:1 – 43 Demme, 1:2 – 62, avtogol Braut.
I guruhi

“Sivasspor” Turkiya — “Qorabog‘” Ozarbayjon 2:0

Gollar: 1:0 – 10 Osmanpasha, 2:0 – 88 Kayode.
J guruhi

“Ludogorets” Bolgariya — “Tottenhem” Angliya 1:3

Gollar: 0:1 – 13 Keyn, 0:2 – 32 Lukas Moura, 1:2 – 50 Kesheryu, 1:3 – 62 Lo Chelso.
“Ludogorets”: Iliyev, Terziyev, Verdon, Nedyalkov, Ikoko, Yankov (Tshibota, 75), Baji, Kauli, Abel (Aleks Santana, 59), Manu (Tekpetey, 46), Kesheryu (Mitkov, 59).
“Tottenhem”: Xart, Devis, Alderveyreld, Doerti, Dayer, Uinks, Lo Chelso (Ndombele, 72), Sissoko (Hyoyberg, 46), Lukas Moura (Son Hyon Min, 61), Beyl (Bergveyn, 65), Keyn (Vinisius, 46).
Ogohlantirishlar: Abel (15), Doerti (79).
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *