Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turi yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra yakunda Diogu Jota (“Liverpul”) 3-turning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Jota “Atalanta”ga qarshi bahsda het-trikka erishgandi.
Portugaliyalik futbolchi bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirdi:
  1. Alassan Plea (“Borussiya M”) — “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinda (6:0) uchta gol;
  2. Erling Holand (“Borussiya D”) — “Bryugge”ga qarshi uchrashuvda (3:0) ikkita gol;
  3. Yussuf an-Neseri (“Sevilya”) — “Krasnodar”ga qarshi o‘yinda (3:2) ikkita gol.
195   
Добавить комментарий
Ваше имя: *