Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Inter» yana ochko yo‘qotdi, Lautaroda chetlatish

A Seriya. «Inter» yana ochko yo‘qotdi, Lautaroda chetlatish

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 21-turi doirasida «Juzeppe Meatssa» stadionida kechgan o‘yinda «Inter» «Kalyari»ga maydonga tushdi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida shu kuni debyut o‘yinida maydonga tushgan Eshli Yang tomonidan uzatilgan to‘pni Lautaro Martines golga aylantirdi – 1:0.
Ammo uchrashuvning 78-daqiqasida mehmonlar hisobdagi farqni tenglashtirishdi. Raja Nainggolan sobiq jamoasini jazoladi – 1:1.
 O‘yin yakuni asabiy tarzda ko‘rinish olib, natijada gol muallifi Lautaro Martines bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda maydondan chetlatildi.
 Ushbu durangdan keyin Konte jamoasining turnir jadvalidagi ochkolari soni 48taga yetdi va «Inter» hozircha 2-o‘rinda qolmoqda.
 A Seriya. 21-tur.
 26 yanvar (yakshanba)

Inter – Kalyari 1:1
Gollar: 1:0 – 29 Martines, 1:1 – 78 Nainggolan.
Inter – Xandanovich, Biragi, Bastoni, Shkrinyar (Godin, 17), Yang, Sensi (Sanches, 82), Valero, Barella, de Vrey, Martines, Lukaku.
Kalyari – Krano, Klavan, Valyukevich, Pellegrini (Mattello, 76), Farago, Nainggolan, Oliva (Kastro, 74), Ionitse, Joao Pedro, Nandes, Simeone.
Ogohlantirishlar: Lukaku (45), Barella (61), de Vrey (83).      
Chetlatish: Martines («I») 90+3.
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *