Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kavani «Atletiko»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Kavani «Atletiko»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» forvardi Edinson Kavani «Atletiko»ga o‘tishga yaqin, deya xabar bermoqda Footmercato.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli hujumchi Madrid klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Tomonlar urugvaylik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin turishibdi.
Oldinroq, «Atletiko» Kavani uchun 15 million yevro va bonus sifatida 3 million taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Parijliklar esa futbolchisi uchun 20 million yevro so‘rashgandi.
Ma’lumot uchun, 2013 yilning yozida «Napoli»dan 64,5 million yevro evaziga «Pari Sen-Jermen» safiga o‘tgan urugvaylik forvard, fransuzlar safida 293 o‘yinda 198ta golga mualliflik qilgan. Futbolchining shartnomasi yozda tugashi belgilangan.


124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *