Goal24.uz » O'zbekiston » Chetlatishlar, penalti va omadsizlik. O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida Suriyaga mag‘lub bo‘ldi

Chetlatishlar, penalti va omadsizlik. O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida Suriyaga mag‘lub bo‘ldi

Автор: admin

Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig‘in doirasida Suriya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan O‘zbekiston milliy jamoasi mag‘lubiyatga uchradi.
Yetakchi legionerlarimiz chaqirilmagan yig‘indagi dastlabki bahs mehmonlarning hujumlari ostida boshlanib, 10-daqiqadayoq himoyachi Hojiakbar Alijonov raqib hujumchisini to‘xtatib qolgani uchun qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 
Vakillarimiz o‘yin boshidayoq bir kishi kam bo‘lib qolgach, Vadim Abramov shogirdlari o‘yinni tashkil etishda qiyinchilikka duch kelishdi. Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida qarshi hujumga o‘tgan suriyaliklar Al Mavasning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi – 1:0.
Oradan 10 daqiqa o‘tib, raqiblar safidagi Yusuf Al Hamvi qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgach, tomonlar son jihatdan maydonda teng qolishdi. Shunga qaramay, 59-daqiqada himoyachi Igor Golban raqib hujumchisini to‘xtatib qolgani uchun darvozamiz sari 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Al Mavasning zarbasini darvozabon Abduvohid Ne’matov qaytarib qoldi.
O‘yinning qolgan daqiqalarida bosh murabbiy Abramov tarkibda bir qator o‘zgarishlar kiritib, vakillarimizda hisobni tenglashtirish uchun bir qator vaziyatlar yaratilgandi. Ammo gohida darvoza to‘sini va ustuni, gohida esa raqib posboni Suriyani goldan qutqarib qoldi. Yakunda mag‘lubiyatdan qutilishning iloji topilmadi – 0:1.
O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 17 noyabr kuni Iroqqa qarshi o‘tkazishadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
12 noyabr (payshanba)
O‘rtoqlik uchrashuvi. BAA, Sharja.
Suriya - O‘zbekiston - 1:0

Gol: Mahmud Al Mavas 47.
Suriya: 1.Ibrohim A’la, 2.Yusuf Al Hamviy, 3.Mouad Alaja, 4.Faris Al Arnaut, 5.Umar Al Midani, 6.Kamol Hameishoh, 7.Aias Usmon, 10.Mahmud Al Mavas, 12.Muhammad Usmon, 16.Mohir Daabul, 21.A’la Edin Dali.
Zaxira: 23.Ahmad Madaniyoh, 8.Vard Al Salom, 9.Simon Amin, 11.Muhammad Al Mamur, 13.Txayer Kruma, 14.Yusuf Muhammad, 15.Muhammad Anez, 17.Xolid Kurdo‘g‘li, 18.Muhammad Rihaniyoh, 19.Abdulrazzoq Al Muhammad, 20.Mardik Mardikyon.
O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne’matov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Azizjon G‘aniyev, 8.Oybek Bozorov (17.Dostonbek Hamdamov, 60), 10.Jaloliddin Masharipov (18.Hojimat Erkinov, 60), 18.Lutfulla To‘rayev (13.Sanjar Qodirqulov, 82), 19.Bobur Abduxoliqov (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 76), 21.Igor Golban (15.Murod Xolmuhammedov, 67), 22.Jamshid Iskanderov (9.Abror Ismoilov, 67), 23.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev. 
Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘rayev 11, Islomjon Qobilov 65, Murod Xolmuhammedov 80.
Chetlatishlar: Yusuf Al Hamvi 57 - Hojiakbar Alijonov 10.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *