Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: Ueyn Runi – «Derbi»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi

Manba: Ueyn Runi – «Derbi»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi

Автор: admin

«Derbi Kaunti»ning o‘ynovchi murabbiyi va sardori Ueyn Runi Chempionshipning navbatdagi turidan o‘rin olgan «Bristol Siti»ga qarshi bahsda jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasini bajaradi, deb xabar beradi Express.
Nashrning ta’kidlashicha, Runi – iste’foga chiqarilgan Filipp Koku o‘rnini egallashga asosiy nomzodlardan biri.
Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni «Derbi» jamoa bosh murabbiyi Filipp Kokuning iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Shuningdek, murabbiyning yordamchilari Kris van der Verden va Tvan Shipers ham o‘zaro kelishuv asosida klubni tark etishdi.
Ma’lumot uchun, «Derbi» Chempionshipda 11 o‘yinda 6 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *