Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Yuventus" va "Napoli" futbolchi o‘zaro almashtirmoqchi

"Yuventus" va "Napoli" futbolchi o‘zaro almashtirmoqchi

Автор: admin

Ularning narxi deyarli bir hil.
Italiya nashrlari "Yuventus" va "Napoli" qishki transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishidan xabar topdi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “keksa sinora” neapolliklarga Federiko Bernardeskini berib, evaziga Arkadiush Milikni tarkibga qo‘shib olmoqchi.
Milikning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u klub bilan bu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti. Natijada, uni joriy mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushirishmadi. Arkadiushning transfer narxi 27 mln evroga baholanmoqda.
Bernardeski “Yuventus” safida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning transferi 25 mln evroga baholanmoqda.
62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *