Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Torreyra qaytadimi?

Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi bilan Italiyaning «Sampdoria» va «Peskara» klublari jiddiy qiziqib qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi bilan «Torino» jamoasi ham shartnoma imzolash niyatida. Klub qishda «kononirlar» bilan aloqaga chiqishi kutilmoqda.
«Liverpul» tempni oshirmoqda

Angliyaning «Liverpul» jamoasi qishda markaziy himoyachi sotib olish haqida bosh qotirmoqda.
«Football Italia» nashrining ma’lum qilishicha, «Liverpul» jamoasi nishonida «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibai turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «mersisaydliklar» Virjilning o‘rnini to‘ldirishi ko‘zda tutilgan futbolchi uchun 70 million yevro sarf etishi talab etiladi. Bundan kamiga «Napoli» o‘z futbolchisini qo‘yib yubormaydi.
Nainngolan trendda!

Milanning «Inter» jamoasi yarim himoyachisi Raja Nainngolan faoliyatini «Torino» jamoasida davom ettirishi mumkin.
«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, belgiyalik futbolchi bilan Turin klubi jiddiy qiziqib qoldi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Torino» rahbarlari Rajaning transferi borasida rasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan va qishda ushbu transfer amalga oshadi.
32 yoshli futbolchining o‘zi ham boshqa klubga ketishga qarshi emas. U o‘yin amaliyotga bo‘lish maqsadida kuchsizroq jamoada to‘p surishga ham qarshi emas.
“Atletiko”ga Laymer kerak

Madridning “Atletiko” klubi «RB Leypsig» klubi yarim himoyachisi Konrad Laymer bilan shartnoma imzolash niyatida.
AS nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi uchun «matraschilar» yozda ham taklif yuborishgan, biroq ushbu transfer amalga oshmagan edi. Endi jamoa Konradni qo‘lga kiritish maqsadida «buqalar»ga 35 million yevro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Konradning «RB Leypsig» jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi.
«Yuve» o‘z futbolchisini qishda sotmoqchi

Turinning «Yuventus» jamoasi Federiko Bernardeskini qishda transferga qo‘ymoqchi.
«LGDS» nashrining ma’lum qilishicha, Bernardeski bilan «Sevilya» va «Everton»dan  takliflar kelib tushgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi ham boshqa klubga o‘tishni istamoqda. Bernardeski Yevropa chempionati oldidan o‘yin amaliyotga ega bo‘lishni va termadan taklif olishni istamoqda.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *