Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » David Alaba qishki transfer oynasida A Seriya klubiga o‘tishi mumkin

David Alaba qishki transfer oynasida A Seriya klubiga o‘tishi mumkin

Автор: admin

«Bavariya» himoyachisi David Alaba faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Tuttosport.
Manbaning yozishicha, avstriyalik futbolchi bilan «Yuventus» qiziqmoqda. U qishki transfer oynasidayoq Turin klubi safiga kelib qo‘shilishi mumkin. Alabaning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. David nemis jamoasining shartnomani uzaytirish borasidagi barcha takliflarini rad etgach, klub sport direktori Hasan Salihamidjich Alabaning yozda erkin agent sifatida klubni tark etishini ma’lum qilgandi.
Qayd etilishicha, yozgi transfer oynasida «Real» yoki «Barselona» Alabani tekinga olishidan avval, Turin klubi qishki transfer oynasidayoq Alabani o‘z safiga qo‘shib olishni istamqda. Myunxen klubi yarim yildan keyin jamoani bepul tark etadigan futbolchini qishda 5 million yevroga transfer qilishga tayyor.
Avvalroq, Alaba faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *