Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlik kompaniyalari haqida: “PFLda shunday takliflar borki, biz klublardan olinadigan badal pullaridan voz kechib, ularning o‘ziga pul to‘lay olamiz”

Diyor Imomxo‘jayev bukmekerlik kompaniyalari haqida: “PFLda shunday takliflar borki, biz klublardan olinadigan badal pullaridan voz kechib, ularning o‘ziga pul to‘lay olamiz”

Автор: admin

Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev klublardan olinadigan badal pullari va ularni kamaytirish yo‘llari haqida gapirdi.
PFL birinchi liga klublarining badal pullarini ikki barobar qisqartirdi. Bunaqasi tashkilot tarixida bo‘lmagan. Hozirda boshqa ligalardagi badal pullarini ham kamaytirish borasida ish olib boryapmiz. Klublarga beradigan eng katta yordamimiz shu.
Agar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyati legallashadigan bo‘lsa, PFL keyingi yilning o‘zidayoq klublardan umuman pul olmasdan chempionatni o‘tkazishga tayyor. Aksincha, klublarga pul berishga tayyormiz. Bizda shunday takliflar bor, real takliflar bor.
Biroq bukmekerlik faoliyatining legallashishi PFL yoki O‘FAga bog‘liq emas. Buning 2021-yilda amalga oshishi juda qiyin masala bo‘lsa kerak.
Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yilning dekabridagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 2021-yil 1-yanvardan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi.
161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *