Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo‘jayev PFL rahbarligi uchun bo‘ladigan saylov haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev PFL rahbarligi uchun bo‘ladigan saylov haqida fikr bildirdi

Автор: admin

Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev “Sport-TV” telekanali orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuvda tashkilotdagi faoliyati va rahbarlik uchun bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak saylov haqida gapirdi.
Oldindagi rejalarimiz haqaida gapirmay qo‘ya qolamiz, ular amalga oshirganimizdan keyin ko‘rinadi. Pandemiya sharoitiga qaramay barcha musobaqalarni oxirigacha o‘tkazishga erishdik, reglamentga o‘zgarish kiritdik, klublarning badal pullarini kamaytirish borasida ishlarni boshladik, yanada rivojlanishda davom etamiz.
Yana bir gap, yaqinda PFL rahbarligi uchun saylovlar o‘tkazilishi haqida xabarlar chiqdi. Aslida bizning sohada bu narsa yo‘q, lekin biz bu ishni albatta amalga oshiramiz. Saylovda yutqazib, PFLda ishlamasam ham mayli, ammo unga qadar ishlashda davom etamiz. 2022-yilga qadar aniq rejalarimiz bor. Agar imkoniyat berilsa va ishonch bildirilsa, bizga tajribali odam kerak bo‘lmaydi. Shu o‘rinda yoshlarga ishonch bildirgan holda, adolatni qaror topshirishda kuch bo‘lib turgan O‘FA prezidentiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Nasib qilsa, yaqin bir oy ichida yaxshi o‘zgarishlar bo‘ladi. Nimalar bo‘lishi o‘zingiz bilib olasiz.
Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Diyor Imomxo‘jayev o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabarlar yangradi. Bir qancha muddatdan keyin Imomxo‘jayev o‘z lavozimidan ketmaganini ma’lum qildi. Keyinchalik mavsum yakunida PFL bosh direktorligi uchun saylovlar o‘tkazilishi haqida xabarlar chiqdi.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *