Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Luis Enrike: «Ramos kelajagi borasida maslahatga muhtoj emas»

Luis Enrike: «Ramos kelajagi borasida maslahatga muhtoj emas»

Автор: admin

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike himoyachi Serxio Ramosning «Real»dagi kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan yangi shartnoma masalalarini muhokama qilmoqda. Oldinroq himoyachiga «PSJ» qiziqish bildirayotgani, ammo Ramos «qirollik klubi» bilan bitimni uzaytirmoqchi ekanligi xabar qilingandi. 
«Serxio hech qanday maslahatga muhtoj emas. Faoliyati davomida u allaqachon bunday holatlarga tushgan. 
Milliy jamoa yig‘ini boshlanganidan beri unda hech narsa o‘zgarmadi. Uning g‘ayrati va yetakchilik fazilatlari o‘zi bilan saqlanib qoladi.
Bunday darajadagi o‘yinchilar bilan har doim turli voqealar sodir bo‘lishini tushunamiz. Bu – normal holat», – deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Football Espana.
146   

Комментарии
(1)

  1. timur 17 ноября 2020 21:51
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Ramos 2penalti uryp blmadin zaya
Добавить комментарий
Ваше имя: *