Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Millatlar Ligasi. Ispaniya Germaniyani tor-mor etib, yarimfinalga chiqdi va boshqa natijalar

Millatlar Ligasi. Ispaniya Germaniyani tor-mor etib, yarimfinalga chiqdi va boshqa natijalar

Автор: admin

Millatlar Ligasida bir qancha guruhlarda so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
A ligasi 3-guruhida o‘tgan turda 1-o‘rin masalasini hal qilgan Fransiya Shvetsiya ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Portugaliya safarda Xorvatiya bilan bahsda 3 ochkoni ilib ketdi. Mag‘lubiyatga qaramay xorvatlar to‘plar nisbatiga ko‘ra yuqori ligada qolishni uddalashdi. Shvetsiya esa V ligasiga tushib ketdi.
A ligasi 4-guruhi g‘olibini aniqlab bergan bahsda Ispaniya Germaniyaga javobsiz 6ta to‘p kiritdi va fransuzlar izidan 1/2 finalga yo‘l oldi. V ligaga tushib ketadigan jamoani aniqlashi kerak bo‘lgan Shveysariya – Ukraina bellashuvi qoldirildi.
S ligasi 1-guruhida Chernogoriya yetakchi bo‘ldi va V ligasiga chiqdi. So‘nggi o‘rinni olgan Kipr esa quyi ligaga yo‘l oldi.
D ligasida o‘z guruhlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Farer orollari va Gibraltar keyingi turnirda S ligasida harakat qilishadi.
Millatlar Ligasi, 6-tur, 18 noyabr
A liga, 3-guruh
Xorvatiya – Portugaliya 2:3
Gollar: Kovachich (29, 65) – Diash (52, 90), Felish (60).
Xorvatiya – Livakovich, Bradarich, Lovren, Shkorich, Modrich, Pashalich (Brekalo, 64), Vlashich (Orshich, 84), Rog, Perishich, Kovachich (Bashich, 90), Yuranovich. 
Portugaliya – Patrisiu, Ruy (Kanselu, 71), Diash, Semedu, Ruben Semedu, Moutinyu, Danilu Pereyra (Oliveyra, 77), Jota (Paulinyu, 77), Fernandesh (Trinkau, 46), Felish (Bernardu Silva, 71), Ronaldu.
Fransiya – Shvetsiya 4:2
Gollar: Jiru (16, 59), Pavar (36), Koman (90+5) – Klasson (5), Kuayson (88).
Fransiya – Loris, Lyuka Ernandes (Din, 46), Varan (Zuma, 46), Kimpembe, Pavar, Rabo (Nzonzi, 78), Sissoko, Pogba, Grizmann, Jiru (Koman, 84), Tyuram (Mbappe, 58). 
Shvetsiya – Olsen, Lindelyof (Helander, 66), Danielsson, Lyustig (Kraft, 66), Bengtsson, Larsson (Kayuste, 87), Olsson, Kulusevski, Klasson (Kuayson, 66), Forsberg, Berg (Isak, 86).
A liga, 4-guruh
Ispaniya – Germaniya 6:0
Gollar: Morata (17), Torres (33, 55, 71), Rodri (38), Oyarsabal (89).
Ispaniya – Unai Simon, Ramos (Erik Garsiya, 43), Serji Roberto, Gayya, Pau Torres, Rodri, Kanales (Fabian Ruis, 12), Olmo (Asensio, 73), Koke, Ferran Torres (Oyarsabal, 73), Morata (Moreno, 73). 
Germaniya – Noyer, Maks, Ginter, Zyule (Ta, 46), Kox, Kroos, Gundo‘g‘an, Gnabri, Goretska (Noyhaus, 61), Sane (Valdshmidt, 61), Verner (Henriks, 77).
Shveysariya – Ukraina (qoldirildi)
S liga, 1-guruh
Chernogoriya – Kipr 4:0
Gollar: Yovetich (14), Bolevich (25, 28), Mugosha (60).
Lyuksemburg – Ozarboyjon 0:0
D liga, 1-guruh
Andorra – Latviya 0:5
Gollar: Chernomorets (6), Ikauniyek (57, 60), Gutkovskis (70, penalti), Raymonds (90, penalti).
Malta – Farer orollari 1:1
Gollar: Gilamiyer (54) – Yonsson (70).
D liga, 2-guruh
Gibraltar – Lixtenshteyn 1:1
Gollar: Brendl (17, avtogol) – Frik (44).
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *