Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. Qorli maydonda o‘tgan bahsda «Andijon» «Mash’al»ni mag‘lub etdi

Superliga. Qorli maydonda o‘tgan bahsda «Andijon» «Mash’al»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Superliga 23-turi doirasidagi dastlabki o‘yinda «Andijon» Otabek G‘ulomxo‘jayev qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvda «Mash’al»ni mag‘lub etdi.
Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadioni maydonidagi qor to‘liq tozalanmagani uchun jamoalar o‘yin davomida qiyinchiliklarga duch kelishdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasida Avilov hisobni ochgan bo‘lsa, 4-daqiqada Qo‘ziyev gol urib hisobni tenglashtirdi. 
88-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Qahramon Bahodirov gol urib, mezbonlarga juda muhim bo‘lgan g‘alabani taqdim etdi. Yangi murabbiy Otabek G‘ulomxo‘jayev qo‘l ostidagi debyut o‘yinda «Andijon» 3 ochkoni qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 16taga yetkazdi va 12-o‘ringa chiqib oldi. «Mash’al» esa 20 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.
Superliga. 23-tur
«Andijon» - «Mash’al» - 2:1
Bosh hakam:
Ahrol Risqullayev
Gollar: Xushnudbek Avilov 2, Qahramon Bahodirov 88 - Sirojiddin Qo‘ziyev 4.
«Andijon»: 16.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov, 4.Farhod Mirahmatov, 5.Xushnud Avilov, 6.Baxtiyor Qosimov, 8.Farhod Bekmuratov, 17.Abdullo Olimov, 22.Usmonali Ismonaliyev, 27.Muhammadali Yuldashev (25.Qahramon Bahodirov, 61), 33.Doniyor Abdumannopov, 80.Shahboz Jumaboyev (11.Siroj Meliyev, 12).
«Mash’al»: 35.Rahim Davronov, 5.Najmiddin Normurodov (19.Sardor Abduraimov, 90), 7.Ifeani Ifeani, 8.Ibe Okoro (99.Jahongir Abdusalomov, 75), 10.Sherzod Temirov, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 18.Abbos Shodmonov (77.Ibrohim No‘’monov, 61), 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukurullayev, 29.Humoyun Murtozayev (11.Mo‘minjon Meliyev, 90).
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *