Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Xedira nishonda

Turinning «Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Sami Xedira faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi bilan «Vest Hem» jiddiy qiziqib qolgan va unga 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, shuningdek MLS klublaridan ham Xediraga takliflar mavjud.
Jota "Arsenal"da?!

Londonning "Arsenal« jamoasi ancha avval »Liverpul" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lgan ekan.
«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, bunda 4 yil ilgari Jota bilan «to‘pchilar» aloqaga chiqqan, biroq futbolchi Diyego Simione bilan birga ishlashni afzal ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda futbolchi "Atletiko«da o‘zini ko‘rsata olmagach, "Vulverhempton" bilan shartnoma imzolagan edi.
Ramos 6 ta APL jamoasi nishonida

Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Serxio Ramos borasidagi ma’lumotlar tobora ortib bormoqda.
«90min» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan bo‘lsada, «Liverpul», «Siti», «Yunayted», «Chelsi», "Arsenal« va »Tottenhem" klublaridan takliflar olgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu klublar futbolchining barcha takliflariga rozi ekanligini ma’lum qilgan.
«Milan»ga yangi Sheva kerak

Milanning «Milan» jamoasi Ukrainaning «Dinamo Kiyev» klubi hujumchisi Vladislab Supriyaga bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Calciomercato« nashrining ma’lum qilishicha, "Rossonerilar" 20 yoshli hujumchi uchun "Dinamo"ga 7 million yevro taklif qilmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ukrainaliklar o‘z futbolchisini 15 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Kepa ketadi!

Londonning «Chelsi» jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.
«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, London klubi darvozabonni ijara asosida Ispaniyaga qaytarib yuborishga qaror qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda, Kepa bilan bir nechta Ispan klublari shartnoma imzolashga tayyor, biroq ularning hech biri «Chelsi» darvozabonini sotib olmoqchi emas. Barchasi, ijara asosida shartnoma tuzish niyatida.
363   
Добавить комментарий
Ваше имя: *