Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Isko qoladimi?

Madridning «Real» jamoasi Isko borasida yakuniy qarorga kelgan ko‘rinadi.
Bu haqida klub bosh murabbiy o‘z intervyusida ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, Zidan
«Isko jamoadan ketmoqchi? Yo‘q! Biz ichki ishlarimizni omma oldida muhokama qilmoqchi emasmiz. Isko - »Real« futbolchisi va u shu yerda qoladi. U biz bilan ekan, bu haqida ortiqcha so‘zlashning hojati yo‘q!»,- deb murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Goal" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Isko bilan Manchester shahrining ikki klubi shartnoma imzolash niyatida edi.
«Real»dan rokirovka

Madridning «Real» jamoasi Eden Azardan qutulishning turli yo‘llarini izlashda davom etmoqda.
"Todofichajes« nashrining ma’lum qilishicha, »Real« yozda »Liveprul« vingeri Sadio Mane bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub »Liverpul" talab qilishi aniq bo‘lgan 120 million yevroni kamaytirish maqsadida Eden Azarni taklif qilmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa shu yo‘sinda jarohatlar girdobiga tushib qolgan Eden Azardan qutulmoqchi.
«Yuve» nishonida ispan!

«Vilyareal» jamoasi hujumchisi Jerar Moreno Turinning «Yuventus» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Calciomercato« nashrining ma’lum qilishicha, klub aslida yozda ham hujumchi uchun kurash olib borgan, ammo »Sariq suvosti kemasi" bunga yo‘l qo‘ymagan edi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Yuventus» qishda yana bir bor Morena bilan shartnoma imzolash uchun urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Moreno ispaniyalik futbolchilar orasida eng sermahsul futbolchi bo‘lgan va mavsum davomida o‘z hisobiga 18 ta gol yozdirib qo‘ygan edi.
Aguyero ketadimi?

Partugaliyaning «Benfika» klubi forvardi Darvin Nunyes faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.
"Telegraph« nashrining ma’lum qilishicha, »shaharliklarʼ urugvaylik hujumchini Aguyeroning o‘rnini egallashini taxmin qilmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «shaharliklar» 2022 yilda shartnomasi o‘z yakuniga yetuvchi argentinalik futbolchiga yangi shartnoma taklif etishga shoshilmayapti. Ular Nunyesning qaroriga qarab ish tutishmoqchi.
Lovato nishonda

Milanning «Milan» klubi «Verona» himoyachisi Matteo Lovato bilan shartnoma imzolamoqchi.
Bu haqida "Tuttosport" nashri ma’lum qilmoqda. Manbada yozilishicha, 20 yoshli futbolchi bilan aloqalar o‘rnatilgan va klub texnik direktori - Paolo Maldini himoyachi haqida fikr bildirgan. Katta ehtimol bilan tez orada ushbu transfer haqida rasmiy ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lovata bilan «Yuventus» ham qiziqib qolgan, ammo «Milan» jamoasi skautlari futbolchini «rossonerilar»dan kelib tushgan taklifga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
473   
Добавить комментарий
Ваше имя: *