Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Kostani kim almashtiradi?

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Mariano Dias “Atletiko” nishoniga tushib qoldi.
Goal nashriningma’lumqilishicha, hujumchibilanshaxsanDiyegoSimeoneqiziqibqolgan.
 Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” Dias borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. “Atlektiko” hujumchini Diyego Kostaning o‘rnini egallashini rejalashtirmoqda.
 Erikson qoladimi?

Milanning “Inter” jamoasi yarim himoyachisi Kristian Erikson qishda jamoani tark etishi yuz foiz aniq bo‘ldi.
“Inter”ning bosh direktori Juzeppe Marottaning ma’lum qilishicha, shaxsan Eriksonning o‘zi transfer borasida talab qo‘ymagan, biroq klub qishda katta ehtimol bilan uni qo‘yib yuboradi.
“Calciomercato”ning ma’lum qilishicha, daniyalik futbolchi allaqachon Angliyaga qaytish va PSJ bilan shartnoma imzolash borasida bosh qotirmoqda.
Jiru ketadi

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Olive Jiru faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi aniq bo‘lib ulgurdi.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, fransuz qishda klubni tark etmoqchi.
 Manbaning ma’lum qilishicha, amaldagi JCH g‘olibiga birnechta fransuz va arab klublaridan takliflar mavjud.
“Real” Odrisolani “sotadi

Madridning “Real” jamoasi ijaradan qaytgan Alvaro Odrisola borasida yakuniy qarorga keldi.
“Soccer” nashrining ma’lum qilishicha, klub qanot himoyachisining o‘yinlaridan qoniqish xosil qilmayapti. Shu bois, uni mavsum so‘nggida transferga qo‘yadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Odrisolaning o‘zi ham boshqa klubga o‘tishga qarshi emas. U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Ispaniyaning o‘rtamiyona jamoasi bilan shartnoma imzolashga ham rozi
“Inter” qishda kimlarga ko‘z tikadi?

Milanning “Inter” klubi qishki va yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlarini aniqlab oldi.
“CDS” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa radarida “Liverpul” yarimhimoyachisi Veynaldum va “Udineze” a’zosi Rodrigo De Paullar mavjud
Shuningdek, “Jenoa” futbolchisi Nikola Rovella ham asosiy nishonlardan biri.
Manbaningma’lumqilishicha, “Inter” “Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralarga kirishgan.
441   
Добавить комментарий
Ваше имя: *