Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Benzema «Inter»ga qarshi o‘yinda «Real»ga yordam bera olmaydi

Benzema «Inter»ga qarshi o‘yinda «Real»ga yordam bera olmaydi

Автор: admin

«Real» klubi hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasi 4-turi doirasidagi «Inter»ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Marca’ning xabar berishicha, Italiyaga safar oldidan Karim Benzema haligacha jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishmagan. Fransiyalik forvard yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. 
Benzema La Liga 9-turi doirasidagi «Valensiya»ga (1:4) qarshi uchrashuvda olgan jarohatidan keyin tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda. U «Real»ning «Vilyarreal»ga (1:1) qarshi uchrashuvini ham o‘tkazib yuborgan edi. 
Karimdan tashqari jarohati sababli Serxio Ramos, koronavirus tufayli Kazemiro va Eder Militaoning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.
Ma’lumot uchun, «Inter» — «Real» uchrashuvi 25 noyabr kuni Milanda o‘tkaziladi.
311   

Комментарии
(1)

  1. Илйосбек 23 ноября 2020 22:45
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Йахши

    Йахшимисиз
Добавить комментарий
Ваше имя: *