Goal24.uz » O'zbekiston » Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligi nimada ekanini aytdi

Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining asosiy kamchiligi nimada ekanini aytdi

Автор: admin


O‘zbekiston terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov terma jamoaning asosiy muammosi haqida gapirdi.
Ha, ko‘pincha gol o‘tkazib yuboramiz. Bunga sabab qilib himoyachilarning birga bir vaziyatda o‘ynay olmasligini ko‘rsatish mumkin. Muammo bolalar futbolidagi murabbiylarga borib taqaladi. Afsuski, ular bolalarni birga bir o‘ynashga o‘rgatmaydi. Bizda bolalar futbolida ham bitta hujumchi bilan o‘ynaladi va unga qarshi to‘rtta himoyachi o‘ynaydi. Shu sabab ular sifat emas, son evaziga himoyalanadi. Birga bir vaziyatda o‘ynashni o‘rganmagani kattalar futbolida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.[banner_texturta]{banner_texturta} [/banner_texturta]“Bunyodkor”da shunday salohiyatga ega futbolchi bormi? Albatta, menimcha, Islom Qobilov so‘nggi vaqtlarda bu borada o‘sishga erishdi. Klubga kelgan vaqtim himoyachilarni sinovdan o‘tkazdim. Shunday mashq bor, hujumchi va himoyachi birga bir vaziyatda bellashadi. To‘g‘risini aytsam, Qobilov to‘pni qanday olib qo‘yishni bilmasligi men uchun “syurpriz” bo‘lgan. Juda hayron qolgandim, bu meni shok holatiga tushirgandi. Axir, u olimpiya terma jamoasining asosiy futbolchisi edi.
Vadim Abramov, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
2 703   

Комментарии
(2)

  1. alisher 25 ноября 2020 07:57
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Arviladzeni termaga murabbiy qilsa yaxshi buladi galabalar seryasi uz uzidan boshlanib ketadi
  2. Тулкин 26 ноября 2020 21:53
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Korrupsiya bor ekan oʻsmaymiz dunyodagi oʻrtaxol raqib jamoa 1 ta kam boʻlib oʻynasa ham bizni oson yutadi chunki bizda koʻpchilik futbolchilar pulni kuchi bilan majburan futbolchi boʻlishgan haqiqiy talantlar puli yetmay yarim yoʻlda qolib ketgan
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari