Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Manchester Siti» almashtiradi

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi kelajakda Serhio Aguyeroning o‘rnini egallashga qodir futbolchi izlashni boshlab yubordi.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida «Inter» hujumchisi Lautaro Martines bor.
Milan klubi futbolchini jamoada olib qolmoqchi, ammo Lautaro buning uchun o‘z maoshini 3 barobar kattalashtirishlarini talab qilmoqda.
«Inter» boshqotirmoqda

Milanning «Inter»jamoasi Erikson borasida navbatdagi rejani tuzdi.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, klub qishda futbolchini Parijning PSJ jamoasiga qo‘yib yubormoqchi. Buning uchun parijliklar ham Anxel Di Mariyani qo‘yib yuborishi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Di Mariya allaqachon boshqa klubda to‘p tepmoqchi ekanligini rasman e’lon qilib bo‘ldi.
Salah nishonda

Turinning «Yuventus» jamoasi «Liverpul» vingeri Muhammad Salah bilan qiziqib qoldi.
Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Turin klubi hujumchi uchun bo‘lib-bo‘lib 115 million yevro to‘lab berishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Liverpul» Killian Mbappening transferini amalga oshirish uchun kamida bitta vingerini transferga qo‘yishi haqida ma’lum qilgan edi.
«Barsa» ishga kirishdi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi «Liverpul» bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi.
Gap shundaki, Suares va Koutinoning transferlaridan so‘ng, tomonlar o‘rtadagi shartnoma narxi 99 milliondan kam bo‘lmagan futbolchilarni sotib olish va sotishga kelishib olgan edi.
Ushbu kelishuv, yozda o‘z kuchini yo‘qotadi. Shunday ekan, «Barselona» Sadio Mane borasida rasmiy taklifni yozda jo‘natishi mumkin.
«Yuve» uni nishonga oldi

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Doni Van De Bek faoliyatini Turinda davom ettirishi mumkin.
Gollandiyalik futbolchi bilan «Yuve» qiziqib qoldi. Futbolchining o‘zi ham o‘yin amaliyotga ega bo‘lmayotgani uchun faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Van Basten futbolchini «qizil iblislar» bilan shartnoma imzolaganini keskin tanqid qilgan edi.
293   
Добавить комментарий
Ваше имя: *