Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Bekhem Jiruga nima va’da qildi?

Londonning «Chelsi» jamoasi hujumchisi Olive Jiru faoliyatini MLS da davom ettirishi mumkin.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchini «Inter Mayami» klubi egasi Devid Bekxem o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Beks Jiru uning jamoasiga o‘tsa, sovg‘a tariqasida 4 million yevrolik uyini sovg‘a qilmoqchi.
U «Siti»dan ketadi

Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi yarim himoyachisi Fernandinyo mavsum so‘nggida jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, futbolchi o‘zi uchun yangi jamoa izlashni boshlab yuborgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, uning xizmatlari bilan Braziliyaning bir nechta jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.
Lokatelli nishonda

«Sassuolo» jamoasi yarim himoyachisi Manuyel Lokatelli «Roma» jamoasi qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
“Calciomercato” nashrining ma’lum qilishicha, «Roma» Amadu Diavarani transfer summasini aynan Lokatelliga sarf etishni rejalashtirmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «bo‘rilar» transferni qishda amalga oshirmoqchi.
«Nyukasl» nishonga oldi

Angliyaning «Nyukasl» jamoasi «Chelsi» himoyachisi Fakayo Tamorini ijaraga olmoqchi.
“North Echo” nashrining ma’lum qilishicha, «Nyukasl» jamoasi futbolchiga 100 foiz o‘yin amaliyoti taqdim etishga qodir ekanligini ma’lum qilmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Tamorining o‘zi ham boshqa jamoada to‘p tepishga qarshi emas.
Evens qaytadimi?

«Lester» jamoasi himoyachisi Jonni Evens faoliyatini «MYU»da davom ettirishi mumkin.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, himoyachi bilan «qizil iblislar» shartnoma imzolash maqsadida aloqaga chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2006-2015 yillar oralig‘ida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan.
283   
Добавить комментарий
Ваше имя: *