Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real»ning sobiq prezidenti: «Ronalduni sotish – Peresning eng katta xatosi»

«Real»ning sobiq prezidenti: «Ronalduni sotish – Peresning eng katta xatosi»

Автор: admin

«Real»ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon 2018 yili Madrid klubidan «Yuventus»ga o‘tgan xujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Futbolga bo‘lgan munosabat Ronalduni yengilmas qiladi. Shubhasiz, u sportda muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan yoshlar uchun namunadir. Ronaldu «Real»ga o‘tish darajasini ko‘tarish, sovrinlar yutish va tan olinish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini tushundi. U yanglishmadi, ko‘plab sovrinlar yutdi va rekordlar o‘rnatdi. Bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Florentino Peres «Real»dagi 9 yillik faoliyati davomida Ronalduni sotishda katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu – sharmandalik, chunki u Italiyada hanuzgacha dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini isbotlamoqda», – deya Kalderonning so‘zlarini keltiradi Goal.
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *