Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » “Bavariya” o‘ynatmayotgan futbolchi beshta klubdan taklif oldi

“Bavariya” o‘ynatmayotgan futbolchi beshta klubdan taklif oldi

Автор: admin

Uning bozori qaynay boshladi
“Bavariya” yarim himoyachisi Leon Dayaku kishqi transferlar vaqtida klubni tark etishga yaqin turibdi.
19 yoshli futbolchi asosan ikkinchi jamoada to‘p tepmoqda. Dayaku o‘tgan mavsumda asosiy tarkibda ikkita uchrashuv o‘tkazganidan keyin, murabbiylar shtabi unga boshqa imkon bermadi.
Ayni paytda iste’dodli yarim himoyachiga qator klublar ish taklif qilyapti. Xususan, “Keln”, “Sheffild Yunayted”, “Suonsi”,  “Sassuolo” va “Torino” Dayakuni yanvar oyidayoq transfer qilmoqchi.
“Bavariya” rahbariyati futbolchini saqlab qolish maqsadida sotib olish huquqisiz boshqa jamoaga ijaraga berish variantini ilgari suryapti.
129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *