Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
"Barsa"ga "matraschi" kerak

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi qishda "Atletiko" himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, klub nishonida Filippe Luis turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kataloniya klubi braziliyalik futbolchini 1 million yevro evaziga yarim mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Marselo ketadimi?

Madridning "Real" jamoasining uzoq yillardan beri yetakchisi bo‘lib kelayotgan Marselo tez orada boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
AS nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi bilan PSJ klubi jiddiy qiziqib qolgan bo‘lib, "Real" ham himoyachisini sotib yuborishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, "qirollik klubi" 10-12 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga rasman tayyor ekanligini haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Borini davom ettiradi

"Kutrone" jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida o‘z safiga tajribali hujumchisi - Fabio Borinini qo‘shib olishi mumkin.
Ayni damda erkin agent maqomidagi futbolchi bilan klub 2021-yilga qadar shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Agar hujumchi kutilgan natijani qayd etsa, u bilan hamkorlik yana bir yilga cho‘zilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Borinining so‘nggi klubi "Verona" bo‘lgan edi.
"Barsa" ishga kirishdi

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi himoyachisi Jerrar Pike jarohat olgach, klub yangi markaziy himoyachi izlashga tushib ketdi.
"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi ayni damda London klublari futbolchilaridan biriga murojaat etishni rejalashtirmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Barselona" nishonida "Arsenal" himoyachisi Shkordan Mustafi va "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudigerlar mavjud.
Alaba Londonda?!

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi himoyachisi David Alaba faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.
"Bild" nashrining ma’lum qilishicha, "aristokratlar" allaqachon himoyachining agenti bilan aloqaga chiqqan va muzokaralar qishki transfer oynasi chog‘ida o‘tkaziladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Barselona" Albani transferidan tushgan pullarni David Alabaning shartnomasi uchun sarflamoqchi.
297   
Добавить комментарий
Ваше имя: *