Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gyundogan: «Kante – dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biri»

Gyundogan: «Kante – dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biri»

Автор: admin

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Ilkay Gyundogan «Chelsi» yarimximoyachisi Ngolo Kanteni maqtadi.

«Raqibni boshqarishni yaxshi ko‘radigan mendek yarimhimoyachi uchun Kante singari futbolchilarga qarshi o‘ynash oson emas. Siz undan o‘tganingizni his qilasiz, lekin u yana paydo bo‘ladi. Kante – dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilaridan biri.
Dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari Premer-ligada, shuning uchun har bir o‘yin murakkab. Shu sababli shu yerdaman, men eng zo‘rlar bilan raqobatlashishni istayman», – deb Gyundoganning so‘zlarini keltiradi Sport Bible.
Germaniyalik futbolchi bu mavsumda APLda 21ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi. Kante esa 16ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta to‘p kiritdi.


186   
Добавить комментарий
Ваше имя: *