
Rossiya Premer-ligasi 17-turi doirasida «Spartak» va «Lokomotiv» jamoalari ishtirokidagi o‘yinlar yakuniga yetdi.
«Lokomotiv» o‘z maydonida «Rubin» ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
«Spartak» esa o‘z maydonida «Tambov» ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Uchrashuvda mezbonlar safida Oston O‘runov 90-daqiqada zaxiran maydonga tushgan bo‘lsa, mehmonlar safida Jasur Jaloliddinov qaydnomaga ham kiritilmadi.
Natijada «Spartak» 35 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Loko» 25 ochko bilan 5-o‘ringa chiqdi.
RPL. 17-tur.
Lokomotiv – Rubin 3:1
Gollar: 0:1 – 3 Xvan In Bom, 1:1 – 17 Ignatev, 2:1 – 69, penalti Miranchuk, 3:1 – 86 Ignatev.
Lokomotiv – Gilerme, Rыbus, Jivoglyadov, Serkeyra, Ignatev, Muxin, Miranchuk (Iosifov, 90), Kamano (Eder, 60), Krixovyak, Chorluka, Lisakovich (Titkov, 90).
Rubin – Medvedev, Starfelt, Zotov, Begich, Merkulov, Makarov, Abilgor, Xvan In Bom (Yevtich, 75), Zuyev (Kvaratsxeliya, 68), Shatov (Bakayev, 84), Ignatev.
Chetlatish: Ignatev (47).
Spartak – Tambov 5:1
Gollar: 1:0 – 27 Larsson, 2:0 – 61 Ponse, 2:1 – 65 Onugxa, 3:1 – 83 Larsson, 4:1 – 87 Jigo, 5:1 – 90 Ponse.
Spartak – Maksimenko, Jikiya, Maslov, Jigo, Ayrton, Kral, Mozes (Yeenko, 84), Umyarov, Bakayev (O‘runov, 90), Larsson (Kutepov, 84), Ponse.
Tambov – Rijikov, Volodko, Aroyan, Chicherin, Karasev, Kabaxidze, Merenchukov (Anvan, 86), Till, Gigashvili, Onugxa, Karapetyan.
Комментарии(1)