Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL. «Yuventus» Ronalduning dubli evaziga «Barsa»dan 1-o‘rinni tortib oldi, «Leypsig» «MYU»ni Yevropa Ligasiga tushirib yubordi

YeCHL. «Yuventus» Ronalduning dubli evaziga «Barsa»dan 1-o‘rinni tortib oldi, «Leypsig» «MYU»ni Yevropa Ligasiga tushirib yubordi

Автор: admin

Chempionlar Ligasida E, G va N guruhlarida so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ye guruhida muddatidan avval  peshqadamga aylangan  «Chelsi» «Krasnodar» bilan durang o‘ynadi, 2-o‘rin sohibi «Sevilya» esa «Renn»dan ustun keldi.
F guruhida «Latsio» «Bryugge» bilan jangovar durang qayd etib, 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. «Borussiya» D «Zenit» ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
G guruhida «Yuventus» Kataloniyada «Barselona»ni Ronaldu (2ta) va Makkennining gollari evaziga yirik hisobda yengib, o‘zaro o‘yinlardagi natijalar evaziga 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. «Ferensvarosh»dan ustun kelgan «Dinamo» K yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. 
N guruhida «MYU» Germaniyada «Leypsig»ga imkoniyatni boy berib, Yevropa Ligasiga tushib ketdi. «PSJ» – «Istanbul» bahsi yordamchi hakam mehmonlar vakilini irqiy kamsitgani uchun 23-daqiqada to‘xtatildi. Ammo Parij klubi ushbu o‘yin natijasidan qat’i nazar 1/8 finalga chiqdi.
YeCHL, 6-tur, 8 dekabr
Ye guruhi
Chelsi – Krasnodar 1:1
Gollar: Jorjino (28, penalti) – Kabella (24). 
Chelsi – Kepa, Ryudiger, Emerson, Kristensen, Aspilikueta, Kovachich (Kante, 74), Gilmur, Havers (Verner, 75), Jorjino, Anjorin (Jiru, 80), Abraham. 
Krasnodar – Gorodov, Ramires, Smolnikov, Martinovich, Pantaleao (Sorokin, 74), Klasson, Olsson (Kambolov, 80), Vilena, Kabella (Suleymanov, 80), Vanderson (Chernov, 80), Berg (Markov, 90). 
Renn – Sevilya 1:3
Gollar: Retter (86) – Kunde (32), En-Nesiri (45+2, 81).
Renn – Salen, Dalbert, Traore, Da Silva (Naif, 70), Mauassa (Truffer, 79), Grene (Tet, 79), Kamavinga, Doku (Gboxo, 79), Nzonzi, Soppi, Nyang (Ratter, 70). 
Sevilya – Bunu, Kunde, Serji Gomes (Fernando, 76), Karlos, Rekik, Torres (Vaskes, 83), Rakitich, Suso (Oskar, 76), Gudel, Idrissi (Okampos, 72), En-Nesiri (Fernandes, 83).
G guruhi
Barselona – Yuventus 0:3
Gollar: Ronaldu (13 penalti, 52 penalti), Makkenni (20).
Barselona – ter Stegen, Dest, Alba (Firpo, 55), Arauxo (Mingesa, 82), Langle (Umtiti, 55), de Yong, Pyanich, Trinkau (Breytueyt, 46), Pedri (Puch, 66), Grizmann, Messi. 
Yuventus – Buffon, de Ligt, Danilo, Bonuchchi, Sandro, Makkenni, Kuadrado (Bernardeski, 85), Artur (Bentankur, 71), Remzi (Rabo, 71), Morata (Dibala, 85), Ronaldu (Keza, 90+2). 
Dinamo K – Ferensvarosh 1:0
Gol: Popov (60).
Dinamo K – Bushan, Mikolenko, Popov, Zabarnыy, Kendzera, Sigankov (Lednev, 86), Shaparenko, de Pena (Supryaga, 70), Sidorchuk (Andriyevskiy, 90+2), Verbich (Rodrigesh, 86), Garmash (Shepelev, 70). 
Ferensvarosh – Dibus, Dvali, Blajich, Lovrenchich (Botka, 80), Hayster, Zubkov (Mak, 80), Haratin (Izael, 74), Ngen (Boli, 86), Laiduni, Uzuni (Baturina, 74), Somalia.
N guruhi
Leypsig – Manchester Yunayted 3:2
Gollar: Anxelino (2), Aydara (13), Klyuyvert (69) – Fernandesh (80, penalti), Pogba (82).
Leypsig – Gulachi, Anxelino (Halstenberg, 87), Orban, Mukiyele, Konate, Aydara, Kampl (Adams, 75), Olmo (Klyuyvert, 56), Zabitser, Forsberg (Poulsen, 56), Nkunku. 
MYU – De Xea, Lindelyof (Tuanzebe, 78), Shou (Uilyams, 61), Maguayr, Telles (van de Bek, 46), Fernandesh, Maktomini, Matich (Pogba, 61), Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 78), Reshford, Grinvud.
PSJ – Istanbul (qoldirildi)
184   
Добавить комментарий
Ваше имя: *