Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL. «PSJ» «Istanbul»ni tor-mor etib, pley-offga 1-o‘rin bilan yo‘l oldi

YeCHL. «PSJ» «Istanbul»ni tor-mor etib, pley-offga 1-o‘rin bilan yo‘l oldi

Автор: admin

Chempionlar Ligasida N guruhining 6-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda «PSJ» o‘z uyida «Istanbul» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Parijliklar safida Neymar xet-trikka, Mbappe esa dublga erishdi.
G‘alabadan so‘ng «PSJ» ochkolarini 12taga yetkazib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘llanma oldi. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan «Leypsig» 2-pog‘ona bilan 1/8 finalga chiqdi. So‘nggi turdagi mag‘lubiyatdan keyin 3-o‘ringa tushib ketgan «Manchester Yunayted» esa yurishini Yevropa Ligasida davom ettiradi.
YeCHL, 6-tur
N guruhi
PSJ – Istanbul 5:1
9 dekabr, «Park-de-Prens»
Gollar: Neymar (21, 38, 50), Mbappe (42 penalti, 62) – Topal (57).
PSJ – Navas, Kimpembe (Diallo, 80), Florensi (Pembele, 80), Markinos (Kerer, 67), Bakker, Rafinya (Di Mariya, 46), Danilu Pereyra, Verratti (Guye, 80), Paredes, Mbappe, Neymar. 
Istanbul – Gyunok, Ponk, Kaldirim (Bolingoli-Mbombo, 68), Rafael (Juliano, 68), Qahvachi, Topal, Tekdemir (Shadli, 89), O‘zjan, Tyuryuch, Krivelli (Ba, 68), Gulbrandsen (Kaplan, 80).
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *