Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL. «Atalanta» 1/8 finalda, «Ayaks» Yevropa Ligasida o‘ynaydi, «Liverpul» Daniyada durang qayd etdi

YeCHL. «Atalanta» 1/8 finalda, «Ayaks» Yevropa Ligasida o‘ynaydi, «Liverpul» Daniyada durang qayd etdi

Автор: admin

Chempionlar Ligasida D guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan turda keyingi bosqich masalasini hal qilgan «Liverpul» aralash tarkibi bilan «Midtyulland» maydonida durang o‘ynadi. Salohning goliga daniyaliklardan Shols javob berdi.
«Ayaks» esa g‘alaba kerak bo‘lgan bahsda «Atalanta»ga yutqazib qo‘ydi. Natijada bergamoliklar 2-pog‘ona bilan pley-offga, amsterdamliklar esa 3-o‘rin bilan Yevropa Ligasida yo‘l olishdi.
YeCHL, 6-tur, 9 dekabr
D guruhi
Ayaks – Atalanta 0:1
Gol: Muriel (85).
Ayaks – Onana, Mazraui, Martines (Timber 90+2, Alvares 90+5), Talyafiko (Huntelar, 64), Shyurs, Klassen, Labyad (Ekkelenkamp, 63), Antoni, Gravenberx, Tadich, Brobbey (Promes, 46). 
Atalanta – Gollini, Gozens (Palomino, 79), Romero, Gimshiti, Hatebur, Pessina, Froyler, Gomes, de Ron, Toloi, Sapata (Muriel, 79).
Chetlatish: Gravenberx (79).
Midtyulland – Liverpul 1:1
Gollar: Shols (62) – Saloh (1).
Midtyulland – Hansen, Shols, Svyatchenko, Kols, Paulino Silva, Kayuste, Evander (Madsen, 90), Oneka (Isaksen, 63), Mabil (Anderson, 64), Dreyer (Sisto, 76), Kaba (Preyfer, 90).
Liverpul – Kelleher, Uilyams, Aleksander-Arnold, Simikas (Robertson, 61), Fabino (Kumetio, 46), Minamino, Klarkson, Saloh, Keyta (Henderson, 61), Jota (Mane, 87), Origi (Firmino, 71).
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *