Goal24.uz » Jahon » OCHL. Xalk va Arnautovichning gollari Odil Ahmedov jamoasini OCHL guruh bosqichiga olib chiqdi

OCHL. Xalk va Arnautovichning gollari Odil Ahmedov jamoasini OCHL guruh bosqichiga olib chiqdi

Автор: admin

Xitoyda tarqalgan koronavirus sababli muxlislarsiz o‘tgan Osiyo chempionlar ligasi hal qiluvchi pley-off bahsi doirasida Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi Tailandning «Buriram Yunayted» klubini mag‘lub etdi.
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘liq to‘p surgan bahsda mezbonlar uchrashuvning 77-daqiqasida Sheng Long tomonidan kiritilgan gol bilan hisobni ochgan bo‘lishsa, 90+2-daqiqada Marko Arnautovich, 90+5-daqiqada esa Xalk tomonidan kiritilgan gollar shanxayliklarga OCHL guruh bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Shanxay SIPG» klubi OCHL-2020 «H» guruhidan «Sidney», «Yokohama», «Chonbuk Motors» singari klublar bilan o‘rin oldi.
OCHL. Pley-off. 28 yanvar
«Shanxay SIPG» - «Buriram Yunayted» - 3:0

Gollar: Sheng Long Li (77), Arnautovich (90+2), Xalk (90+5)
Bosh hakam: Aziz Asimov (O‘zbekiston)
Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov, Ruslan Serazitdinov (ikkisi ham - O‘zbekiston)
«Shanxay SIPG»: Yan Junling, Xe Guan, Fu Xuan, Shi Ke, Yu Xay, Mirahmetjan Mezepper, Odil Ahmedov, Oskar, Xalk, Marko Arnautovich, Lu Venjun.


169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *