Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqich o‘yinlari ortda qoldi va 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Pley-off bosqichiga yo‘l olgan jamoalar bilan tanishing:
Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar: “Bavariya” (A guruhi), “Real” (B), “Manchester Siti” (S), “Liverpul” (D), “Chelsi” (E), “Borussiya D” (F), “Yuventus” (G), PSJ (H).
Ikkinchi o‘rinni bilan pley-offga chiqqan klublar: “Atletiko” (A), “Borussiya M” (B), “Portu” (S), “Atalanta” (D), “Sevilya” (E), “Latsio” (F), “Barselona” (G), “Leypsig” (H).
Musobaqaning 1/8 finaliga 14-dekabr, dushanba kuni qur’a tashlanadi. Unga ko‘ra, birinchi savatdan birinchi o‘rindagi jamoalar o‘rin olsa, 2-pog‘onadagi klublar ikkinchi savatda bo‘ladi. 1/8 finalda bir guruhdan chiqqan jamoalar va bir mamlakat klublari o‘zaro to‘qnash kelmaydi.
1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 9-10-fevral kunlari o‘tkaziladi, javob o‘yinlari esa 16-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
272   
Добавить комментарий
Ваше имя: *