Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. Teo Ernandesning dubli «Milan»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

A Seriya. Teo Ernandesning dubli «Milan»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Автор: admin

Italiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Milan» o‘z uyida «Parma» bilan bahs yuritib, 90+1-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Ernani va Kurtichning gollariga Teo Ernandes dubli bilan javob berdi.
Durangdan so‘ng «Milan» 27 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. «Parma» esa ochkolarini 11taga yetkazib, 14-o‘ringa ko‘tarildi.
A Seriya, 11-tur
Milan – Parma 2:2
13 dekabr, «San-Siro»
Gollar: Ernandes (58, 90+1) – Ernani (13), Kurtich (56).
Milan – Donnarumma, Romanoli, Kalabriya, Teo, Gabbiya (Kalulu, 5), Kessie, Chalxono‘g‘li, Braim Dias (Hauge, 46), Binnosir (Tonali, 75), Rebich, Kastilexo (Leau, 46). 
Parma – Sepe, Galolo, Yakoponi, Osorio, Brunu Alvesh, Ernani (Byusi, 87), Kurtich (Zom, 74), Karamo (Sipren, 67), Brugman, Jervino, Kornelius (Ingleze, 67).
359   

Комментарии
(1)

  1. Anvar 15 декабря 2020 21:10
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *