Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Bugun Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi

Bugun Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi

Автор: admin

Bugun, 14 dekabr kuni UEFAning Nondagi shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi va Yevropa ligasiga pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Unda 8ta guruh g‘oliblari va 2-o‘rinni olgan 8 jamoa o‘zaro raqiblik qilishadi.
Saralanganlar: «Bavariya» (Germaniya), «Real» (Ispaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «Liverpul» (Angliya), «Chelsi» (Angliya), «Borussiya» Dortmund (Germaniya), «Yuventus» (Italiya), «PSJ» (Fransiya).
Saralanmagan: «Atletiko» (Ispaniya), «Borussiya» Myonxengladbax (Germaniya), «Portu» (Portugaliya), «Atalanta» (Italiya), «Sevilya» (Ispaniya), «Latsio» (Italiya), «Barselona» (Ispaniya), «Leypsig» (Germaniya).
Qur’a haqida nimani bilishimiz kerak?
- Saralangan jamoalar javob uchrashuvlarini uylarida o‘tkazishadi;
- 1/8 final bosqichida bitta guruh yoki bir mamlakat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishmaydi;
1/8 final uchrashuvlari qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki uchrashuvlar 16-17, 23-24 fevral kunlari, javob bahslari 9-10, 16-17 mart kunlari o‘tkazlishi rejalashtirilgan.
201   
Добавить комментарий
Ваше имя: *