Goal24.uz » Yevropa ligasi » Bugun Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qaysi klublar o‘zaro raqib bo‘la olmaydi?

Bugun Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qaysi klublar o‘zaro raqib bo‘la olmaydi?

Автор: admin

Bugun, 14 dekabr kuni UEFAning Nondagi shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
Dastlab, soat 16:00da YeCHL 1/8 finaliga, 17:00da esa Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’ada Yevropa ligasida 1-o‘rinni olgan 12 klub, 2-o‘rinni olgan 12 jamoa va YeCHL guruh bosqichida 3-o‘rinni olgan 8 jamoa ishtirok etadi.
Saralanganlar (12ta guruh g‘olibi va YeCHLda guruhda 3-o‘rinni olgan yuqori reytingga ega 4 klub):
«Arsenal» (Angliya), «Ayaks» (Niderlandiya)*, «Bayer» (Germaniya), «Bryugge» (Belgiya)*, «Vilyarreal» (Ispaniya), «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya), «Lester» (Angliya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Milan» (Italiya), «Napoli» (Italiya), PSV (Niderlandiya), «Reynjers» (Shotlandiya), «Roma» (Italiya), «Tottenhem» (Angliya), «Hoffenhaym» (Germaniya), «Shaxtyor» (Ukraina)*.
Saralanmaganlar:
«Antverpen» (Belgiya), «Benfika» (Portugaliya), «Braga» (Portugaliya), «Volfsberg» (Avstriya), «Granada» (Ispaniya), «Dinamo» Kiyev (Ukraina)*, «Zalsburg» (Avstriya)*, «Krasnodar» (Rossiya)*, «Lill» (Fransiya), «Makkabi» Tel-Aviv (Isroil), «Molde» (Norvegiya), «Olimpiakos» (Gretsiya)*, «Real Sosedad» (Ispaniya), «Slaviya» (Chexiya), «Srvena Zvezda» (Serbiya), «Yang Boyz» (Shveysariya).
*YeCHLda 3-o‘rinni egallagan 4 klub
- Saralangan klublar javob uchrashuvini o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.
- Guruh bosqichida bir guruhdan o‘rin olgan jamoalar va bir mamlakat sharafini himoya qiluvchi klublar alohida juftlikka ajratiladi.
- Rossiya va Ukraina klublari o‘zaro raqibga aylanishmaydi
Ma’lumot uchun, Yevropa ligasi 1/16 finalining dastlabki uchrashuvlari 18 fevral, javob bahslari 25 fevral kuni o‘tkaziladi.
169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *