Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa ligasi 1/16 finaliga qur’a tashlandi. «MYU» Ispaniyaga, «Milan» Serbiyaga boradi, «Arsenal» «Benfika»ga qarshi

Yevropa ligasi 1/16 finaliga qur’a tashlandi. «MYU» Ispaniyaga, «Milan» Serbiyaga boradi, «Arsenal» «Benfika»ga qarshi

Автор: admin

Bugun, 14 dekabr kuni UEFAning Nondagi shtab-kvartirasida Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a bir qator qiziqarli uchrashuvlarni taqdim etdi. Jumladan, ushbu turnirga YeCHLdan qo‘shilgan «Manchester Yunayted» Ispaniya La Ligasi peshqadami bo‘lib turgan «Real Sosedad»ga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. 
Angliyaning yana bir klubi «Arsenal» esa Portugaliyaning «Benfika» klubiga qarshi maydonga tushsa, «Tottenhem» nimchorakfinal yo‘llanmasi uchun Avstriyaning «Volfsberg» klubiga qarshi o‘ynaydi.
«Milan» Serbiyaga safar qilsa, «Roma» Portgaliyaning «Braga» jamoasi bilan yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
Yevropa ligasi. 1/16 final juftliklari:
«Volfsberg» (Avstriya) - «Tottenhem» (Angliya)
«Dinamo» Kiyev (Ukraina) – «Bryugge» (Belgiya)
«Real Sosedad» (Ispaniya) - «Manchester Yunayted» (Angliya)
«Benfika» (Portugaliya) - «Arsenal» (Angliya)
«Slaviya» (Chexiya) - «Lester» (Angliya)
«Zalsburg» (Avstriya) - «Vilyarreal» (Ispaniya) 
«Braga» (Portugaliya) - «Roma» (Italiya)
«Krasnodar» (Rossiya) - «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya)
«Srvena Zvezda» (Serbiya) - «Milan» (Italiya)
«Yang Boyz» (Shveysariya) - «Bayer» (Germaniya)
 «Granada» (Ispaniya) - «Napoli» (Italiya)
«Makkabi» Tel-Aviv (Isroil) - «Shaxtyor» (Ukraina) 
«Lill» (Fransiya) - «Ayaks» (Niderlandiya)
«Antverpen» (Belgiya)  - «Reynjers» (Shotlandiya)
«Molde» (Norvegiya) - «Hoffenhaym» (Germaniya)
«Olimpiakos» (Gretsiya) -  PSV (Niderlandiya).
Ma’lumot uchun, Yevropa ligasi 1/16 finalining dastlabki uchrashuvlari 18 fevral, javob bahslari 25 fevral kuni o‘tkaziladi.
153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *