Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » "Lion" Depayni qishda 5 million evroga sotishga tayyor. Klub yozda "Barsa"dan forvard uchun 25 mln evro so'ragandi

"Lion" Depayni qishda 5 million evroga sotishga tayyor. Klub yozda "Barsa"dan forvard uchun 25 mln evro so'ragandi

Автор: admin

"Lion" hujumchi Memfis Depayni transferga qo'ydi.
Franciya klubi kelasi yozda 26 yoshli forvard bilan tekinga xayrlashmoqchi emas, sababi uning bitimi yakunlanadi va erkin agentga aylanadi.
"Lion" Depayni ehtimoliy xaridorga 5 million evroga qo'yib yuboradi. O'tgan yozda "Barsa" o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo "Lion" o'shanda kataloniyalardan 25 million evro talab qilgan va bitim amalga oshmay qolgandi.
Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *