Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Bundesliga. «Bavariya», «Leypsig»da g‘alaba va boshqa natijalar.

Bundesliga. «Bavariya», «Leypsig»da g‘alaba va boshqa natijalar.

Автор: admin

Germaniya Bundesligasining 17-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. «Bavariya» o‘z uyida «Volfsburg»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda kiritilgan to‘plar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa myunxenliklar 1-davrani 33 ochko bilan 3-o‘rinda yakunlashdi.

«Leypsig» o‘z uyida «Augsburg» ustidan irodali g‘alabaga erishdi va davralar oralig‘idagi tanaffusga  37 ochko bilan peshqadam sifatida chiqib ketadigan bo‘ldi.
Shuningdek, tur doirasida «Shalke» o‘z uyida «Frayburg»ni yenga olmadi. «Bayer» safarda «Mayns»ni, «Kyoln» esa o‘z maydonida «Verder»ni minimal xisobda taslim etdi.
Bundesliga, 17-tur, 21 dekabr
Bavariya – Volfsburg 2:0

«Alyans-Arena»
Gollar: Zirkze (85), Gnabri (89).
Bavariya: Noyer, Alaba, Kimmix, Pavar, Devis, Martines (Boateng, 45+3), Perishich, Koutino (Zirkzeye, 83), Gnabri (Dayaku, 90+1), Levandovski, Myuller.
Volfsburg: Kastels, Mbabu, Bruks, Tisseran, Gilavogi, Klaus (Vegorst, 77), Shteffen (Otavio, 67), Shlager (Gerardt, 57), Viktor.
Ogohlantirishlar: Kimmix (47), Otavio (67), Arnold (71), Myuller (76).
Mayns – Bayer 0:1
Gol: Alario (90+3).
Leypsig – Augsburg 3:1
Gollar: Laymer (68), Shik (79), Poulsen (89) – Niderlexner (8).
Shalke – Frayburg 2:2
Gollar: Sardor (26), Kutuju (80) – Petersen (54, penalti), Grifo (67, penalti).
Kyoln – Verder 1:0
Gol: Kordoba (39).


250   
Добавить комментарий
Ваше имя: *