Goal24.uz » O'zbekiston » «Instat» tahlili bo‘yicha Superliganing eng yaxshi darvozaboni aniqlandi

«Instat» tahlili bo‘yicha Superliganing eng yaxshi darvozaboni aniqlandi

Автор: admin

Futbol tahlillari bilan shug‘ullanuvchi «Instat» kompaniyasi taqdim etgan ma’lumotlar asosida Superliga-2020da Eldor Suyunov eng yaxshi darvozabonga aylandi, deya xabar bermoqda «Paxtakor» klubi rasmiy sayti.
«Ushbu kompaniya o‘zi tahlil qiladigan ligalarning har bir futbolchisi bo‘yicha turli tahlillarni jamlagan holda (20dan ortiq ko‘rsatkichlar) ularning yakuniy ballari - indeksini e’lon qiladi. 
2020 yilda Superligada o‘ynagan darvozabonlar tahlili bo‘yicha «Paxtakor» posboni Eldor Suyunov eng yuqori ball to‘pladi. Uning indeksi 229ni tashkil qilgan. Undan keyingi natijalar O‘tkir Yusupov («Navbahor», 227), Abduvohid Ne’matov («Nasaf», 226), Sanjar Quvvatov («Paxtakor», 223) va Rahim Davronovga («Mash’al», 217) tegishli bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, PFL rasmiy sayti Superliga ramziy jamoasiga «Nasaf» posboni Abduvohid Ne’matovni kiritgandi.
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *