Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Raja Nainggolan sobiq klubiga qaytdi

Raja Nainggolan sobiq klubiga qaytdi

Автор: admin

«Inter» yarimhimoyachisi Raja Nainggolan mavsumning qolgan qismini «Kalyari»da o‘tkazadi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Avvalroq, «Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte klub rahbariyatiga belgiyalik futbolchi uning rejalaridan o‘rin olmaganini ma’lum qilgandi. Futbolchi «Kalyari»da mavsum yakuniga qadar ijara asosida to‘p suradi. 
Ma’lumot uchun, yarimhimoyachi joriy mavsumda A Seriyada 4 o‘yinda maydonga tushgan. Rajaning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Nainggolan 2010-2014 va 2019 yilda «Kalyari» sharafini himoya qilgan.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *