Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Elitadan tashqarida: Kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynamaydigan eng qimmat futbolchilar

Elitadan tashqarida: Kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynamaydigan eng qimmat futbolchilar

Автор: admin

Futbolda har bir o‘yinchining transfer qiymati tez-tez o‘zgarib turadi. Bunga turli ko‘rsatkichlar ta’sir qiladi: futbolchining muvaffaqiyati, uning maydondagi foydaliligi, jarohatlanish darajasi va hokazolar. Odatda ko‘pchilik Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe va boshqa yulduz futbolchilarning transfer qiymatidagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi. Biroq hozir nisbatan kamroq e’tibor qaratiladigan ijrochilar haqida so‘z boradi, bunga sabab ularning kuchli beshlik chempionatlarda qatnashmasligidir. Quyida aynan top-5 ligalarda o‘ynamaydigan eng qimmat futbolchilari haqida fikr yuritiladi.
Nikola Vlashich (25 million yevro) Klub: SSKA Liga: RPL

Foto: 90min
Vlashich Rossiya chempionatining eng yaxshi legionerlaridan biri hisoblanadi. Xorvatiyalikni o‘tgan yozda Italiya klublari bilan bog‘lashgandi. Ammo futbolchining o‘zi SSKAda yana kamida 1 mavsum qolishga qaror qildi. 2020/21-yilgi mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ehtimol, Vlashich mavsumlar oralig‘ida SSKAni tark etishi mumkin. Boisi jamoa Yevrokuboklarda munosib ishtirok eta olmadi va vaqti-vaqti bilan ichki chempionat bahslarida ham ochko yo‘qotmoqda. Ilgari unga “Napoli” asosiy da’vogar hisoblanardi. Kim bilsin, balki yozga borib, Vlashichni o‘z safida ko‘rishni istaydiganlar soni ko‘payib qolar.
Doniell Malen (25 million yevro) Klub: PSV Liga: Niderlandiya Erediviziyasi

Foto: 90min
Niderlandiya chempionatidan har doim ko‘plab yaxshi futbolchilarni topish mumkin. Xuddi ana shunday o‘yinchilardan biri Malendir. 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, u PSV yetakchisi hisoblanadi. 2020/21-yilgi birinchilikda yosh hujumchi barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. PSVning mamlakat birinchiligi turnir jadvalida 3-o‘rinda borayotganida Doniellning xizmatlari katta. Top chempionatlardagi klublar orasida esa Malenga “Milan” tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda. “Rossoneri”lar niderlandiyalik yosh futbolchini har bir uchrashuvda 90 daqiqa o‘ynay olmaydigan Zlatan Ibragimovichga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Ammo hozircha italiyaliklarni PSVning futbolchiga qo‘yilgan yuqori talablari to‘xtatib turibdi.
Gabriel Veron (25 million yevro)
Klub: “Palmeyras”
Liga: Braziliya A Seriyasi

Foto: Copa Libertadores
Braziliya – Yevropa klublari uchun iste’dodlar makoni bo‘lib kelgan. Ayni vaqtda ular “Palmeyras”ning 18 yoshli vingeri Veronni nishonga olgan. Futbolchiga “Yuventus”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Milan”, “Shaxtyor D” va “Real” klublari qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda braziliyalik barcha musobaqalar doirasida 26 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ha, futbolchining samaradorlik ko‘rsatkichi juda ham yuqori emas, lekin uning bor-yo‘g‘i 2020-yildan beri asosiy jamoada o‘ynayotganini unutmaslik kerak. Shunga qaramay, yosh braziliyalik allaqachon yashil qit’a gigantlari e’tiborini torta olgan. Aftidan, uning okeanni suzib o‘tishiga unchalik ko‘p vaqt qolmagan.
Nikolas Talyafiko (28 million yevro) Klub: “Ayaks Liga: Niderlandiya Erediviziyasi

Foto: Getty Images
Talyafiko ushbu reytingning eng “keksa” futbolchisi sanaladi. Argentinalik futbolchi 28 yoshda. Oxirgi mavsumda “Ayaks” himoyachisi bir nechta klublar, xususan, ingliz jamoalari tomonidan katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Futbolchini “Manchester Siti” o‘z safida ko‘rishni xohladi. Futbolchining o‘zi ham Premyer Ligada o‘ynash istagini ochiqchasiga bildirdi. Ammo Talyafikoga Niderlandiyani tark etish nasib etmadi. Buning ustiga argentinalik futbolchi biroz muddat oldin “Ayaks” bilan shartnomasini 2023-yilning iyunigacha uzaytirdi. Bu himoyachining top klublarda o‘ynash istagiga chek qo‘yganini anglatmasa-da, endilikda vaqt uning foydasiga ishlamasligi aniq.
Alexandro Grimaldo (28 million yevro)
Klub: “Benfika”
Liga: Primeyra

Foto: Record
Yoshligida “Valensiya” va “Barselona” akademiyalarida tahsil olganiga qaramay, Grimaldo “Benfika”da qo‘nim topadi va o‘sha yerda professional darajada o‘ynay boshlaydi. 2017/18-yilgi mavsumdan boshlab u “Benfika”ning asosiy himoyachilaridan biri bo‘lib kelgan va hozirgacha yaxshi harakat qilmoqda. 25 yoshli futbolchiga top chempionatlardan qiziqishlar borligi haqida hech qanday xabarlar yo‘q. 2019-yilning yozida “Zenit” ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘ldi, ammo u “Benfika” bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi. “Barselona” bitiruvchisi uchun RPLga o‘tish oldinga tashlangan qadam bo‘lish ehtimoli haqiqatdan yiroq edi. Ehtimol, futbolchining o‘zi ham xuddi shunday o‘ylagan va “burgutlar” safida qolishga qaror qilgan.
Xesus Korona (28 million yevro) Klub: “Portu” Liga: Primeyra

foto: FootBoom
Korona 5 yildan beri “Portu”da o‘ynaydi va klub yetakchilaridan biri hisoblanadi. Meksikalik o‘tgan mavsumda Portugaliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. 27 yoshli vinger jamoaga o‘z uzatmalari bilan chempionat va mamlakat Kubogini yutishiga yordam bergan. Joriy mavsumda Korona barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Vaqti-vaqti bilan futbolchiga top chempionatlardan ham qiziqishlar bo‘lib turadi. Misol tariqasida, o‘tgan yozda “Sevilya” futbolchini sotib olmoqchi bo‘ldi, ammo yakunda transfer amalga oshmadi. Meksikalik Portugaliyadan ketishni istamadi.
Malkom (30 million yevro) Klub: “Zenit” Liga: RPL

Foto: “Chempionat”
2019-yilning yozida “Zenit” Malkomni “Barselona”dan 40 million yevro evaziga sotib olgandi. O‘shandan beri 23 yoshli braziliyalikning transfer qiymatida 10 million yo‘qotildi. Futbolchi ko‘pincha jarohatlarga moyilligi va past samaradorlik uchun tanqid qilinadi. Masalan, ushbu mavsumda Malkom barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, atigi 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Albatta, bu qanot hujumchisi uchun yuqori natija hisoblanmaydi. Shunga qaramay, “Zenit” ustozi Sergey Semak legionerga ishonishda davom etmoqda.
Andre Onana (36 million yevro)
Klub: “Ayaks”
Liga: Niderlandiya Erediviziyasi

Foto: Getty Images
“Barselona” bitiruvchisi sifatida asosiy tarkibda o‘zini ko‘rsata olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan Onana 2015-yilning qishida “Ayaks”ga ko‘chib o‘tdi va u yerda 2016/17-yilgi mavsumdan buyon asosiy darvozabon sifatida faoliyat yuritmoqda. 2019/20-yilgi kompaniya davomida futbolchi niderland klubini tark etish istagini ochiqchasiga bildirdi. O‘sha paytda u Kepaga o‘rinbosar izlayotgan “Chelsi”ni jiddiy qiziqtirib qo‘ygandi. Ammo “ko‘klar” yakunda “Renn” darvozaboni Eduard Mendi foydasiga tanlov qildi va kamerunlik Niderlandiyada qolishga majbur bo‘ldi. So‘nggi paytlarda 24 yoshli darvozabonga top chempionatlardan qiziqishlar to‘xtadi. Ammo bu Onanada boshqa imkoniyat bo‘lmaydi degani emas. Futbolchining pozitsiyasi va yoshini hisobga olgan holda, u o‘zini ko‘rsatish uchun yetarlicha vaqtga ega.
David Neres (36 million yevro)
Klub: “Ayaks”
Liga: Niderlandiya Erediviziyasi

Foto: The Telegraph
Transfer bozorida katta qiymatga ega bo‘lgan “Ayaks”ning yana bir vakili David Neresdir. Neres o‘tgan mavsumning ko‘p qismini jarohati tufayli o‘tkazib yuborgan. O‘shanda “Liverpul” uning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgandi. Ammo 23 yoshli braziliyalik o‘zini dastlab “Ayaks”da namoyon etishga qaror qildi. Ayni vaqtda vinger juda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, biroq murabbiy futbolchiga ishonadi. 2017-yilning qishida “Ayaks”ga o‘tganidan beri David Amsterdam klubi safida 131 o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol va 35 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umuman, futbolchida Niderlandiya chempionatida uzoq qolmaslik uchun yetarlicha sabablar mavjud.
165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *