Goal24.uz » Transfer » 2020 yilning eng yaxshi transferlari. 39 yoshli Zlatan kuchli o‘nlikda

2020 yilning eng yaxshi transferlari. 39 yoshli Zlatan kuchli o‘nlikda

Автор: admin

O‘tgan yilda amalga oshirilgan eng yaxshi transferlarning ba’zilarida hech qanday to‘lov bo‘lmagan. Buni superseleksiya desa bo‘ladi!
«Chempionat» o‘tgan 12 oy mobaynida ro‘y bergan eng yaxshi transferlarni saraladi.
10. Ante Rebich, «Ayntraxt»dan «Milan»ga (5 mln yevro)

Avvalgi mavsumni Rebich «Milan»da ijara asosida o‘tkazgandi. Xorvatiyalik yarimhimoyachi «rossoneri»lar yetakchilaridan biriga aylandi va barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlarda o‘z hisobiga 12 gol yozib qo‘ydi va bu jamoadagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Sentyabrda «Milan» Rebichning transfer huquqini atigi 5 mln yevro evaziga sotib oldi. Transfermarkt portali Antening transfer qiymatini 32 mln yevroga baholagan. Transfer bu qadar arzon tushganining sababi, «Milan» va «Ayntraxt» futbolchilarni almashtirishgan: Rebich Italiyaga kelgach, uning o‘rniga Andre Silva yo‘l olgan. Portugaliyalik hujumchining «Milan»dagi ishlari yurishmagandi.
Joriy mavsumda xorvatiyalik futbolchi 13 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 6 golga uzatma berdi. U «gol + pas» tizimida «Milan»da faqat uch futbolchidan ortda — Chalxono‘g‘li (6 + 9), Ibrahimovich (11 + 2) va Teo Ernandesa (4 + 5).
9. Moyze Kin, «Everton»dan «PSJ»ga (ijara)
«Yuventus»da ko‘zga tushgan italiyalik yosh hujumchi «Everton»ga o‘tgach o‘ynab keta olmagandi. Angliya chempionatidagi bir yil davomida u 37 uchrashuvda 4 gol urdi. Yosh forvardning faoliyati yo‘qqa chiqayotgandek edi, ammo u o‘z vaqtida «PSJ»ga ijaraga berildi. Bu yerda Moyze avvalgidek o‘yin namoyish eta boshladi: 16 o‘yin, 9 gol, 1 assist. Jamoada faqat uch futbolchi undan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega: Mbappe (14 + 7), Neymar (9 + 5) va Di Mariya (4 + 9).
Shunday natijalarga qaramasdan, Moyze mavsum yakunida «Everton»ga qaytishiga to‘g‘ri keladi. «PSJ» futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmagandi, ammo bu ijara shartnomasini parijliklar rahbariyati muvaffaqiyatli ishlar hisobiga yozib qo‘ysa bo‘ladi.
8. Anxelino, «Manchester Siti»dan «RB Leypsig»ga (ijara)

«Manchester Siti» tarbiyalanuvchi bu mavsumda ham boshqa klubga ijaraga berildi. Bu uning faoliyatidagi beshinchi ijara klub. 2019 yilda «shaharliklar» Anxelinoni PSVdan chaqirib olishgandi, niderlandlar jamoasida u asosiy tarkib futbolchisiga aylangandi. Ammo bir mavsum davomida ushbu ispan himoyachisi «Manchester Siti»da asosiy tarkibdan o‘rin ololmadi va «RB Leypsig»ga ijaraga jo‘natildi.
Nemislar klubida Anxelino yana ochildi. U 3-x-x modulida qanotda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda, u ayniqsa hujumlarga qo‘shilishda faol va samarali. U chap qanot himoyasida Yevropaning eng yaxshilaridan biriga aylanib bormoqda. Anxelino 20 o‘yinda 8 gol urib, 6 golga uzatma berdi. Bir o‘yinda o‘rtacha 1,9 marta to‘pni raqibdan olib qo‘ygan, 1 marta raqib uzatmasini to‘xtatib qolgan, 1,6 marta darvoza sohasiga aniq zarba yo‘llagan, 2,2 marta hal qiluvchi uzatmani amalga oshirgan. Bunday salohiyatli ijrochi Xosep Gvardiolaga asqatgan bo‘lardi.
7. Eduard Mendi, «Renn»dan «Chelsi»ga (24 mln yevro)
Mendining transferi «Chelsi»ga so‘nggi yillardagi asosiy muammosini hal qilish imkonini berdi — darvozabon pozitsiyasi sifatli ravishda yopildi. Kepa Arrisabalaga juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yayotgandi. Senegallik darvozabon esa jamoadagi dastlabki olti o‘yinini (APL va YeCHLda uchtadan o‘yin) «quruq» o‘tkazdi. «Aristokratlar» safidagi19 o‘yinda Mendi 12 gol o‘tkazgan, 10 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bundan tashqari, Eduard bir o‘yinda o‘rtacha 2,1 seyv ijro etmoqda. A’lo ko‘rsatkichlar
6. Federiko Keza, «Fiorentina»dan «Yuventus»ga (2 yillik ijara, 10 mln yevro)
Keza «Fiorentina»dan ketishi haqida anchadan buyon gap yurardi. U «fialka»lar darajasidan bir bosh yuqoriga o‘sgani barchaga ayon edi. Federiko uchun kurashda «Yuventus» birinchi bo‘ldi. Klublar 2 yillik ijara bo‘yicha kelishuvga erishishdi, bu vaqt ichida «Fiorentina» 10 mln yevroga ega bo‘ladi. 2022 yil yozida turinliklar futbolchi transferi huquqini 40 mln yevro yevro evaziga sotib olishi mumkin bo‘ladi. Bunday sxema turinliklarga moliyaviy fair play bo‘yicha muammo kelib chiqishidan qochishga yordam beradi.
Muxlislar va «Yuve» rahbariyati baxtiga Keza jamoa o‘yiniga tez kirishib ketdi. 15 o‘yinda u 2 gol urib, 5 golga hammualliflik qildi. Endi u «Fiorentina»da bo‘lgani kabi jamoa yetakchisi emas, amm Federikoning o‘zi Turinga o‘tganidan afsuslanmayotgani aniq. Asosiysi — u Bernardeskining yo‘lini takrorlamadi, avvalroq «Fiorentina»dan kelgan bu hujumchining o‘yini «Yuventus»da o‘xshamagandi.
5. Alvaro Morata, «Atletiko»dan «Yuventus»ga (ijara, 10 mln yevro)

Ispaniyalik hujumchi o‘z faoliyatidagieng yaxshi damlarni o‘tkazgan (2014-2016 yillar) jamoasi bo‘lmish «Yuventus»ga qaytdi. Turinliklar Keza bilan bo‘lgani kabi Alvaroni ham sotib olish huquqi bilan ijaraga olishgan. Noyabrdayoq «Yuve» Morataning transferini 2021 yil yozida to‘liq sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Buning sababi bor edi: u 17 o‘yinda 10 gol urib, 7 golga uzatma berdi.
Ronaldu-Morata juftligi raqiblar uchun vahimali ko‘rinish oldi, «Real»da ham ularning hamkorligi a’lo darajada kechgandi. Paulo Dibala zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qoldi. Bu ham Morataning turinliklar klubiga transferi muvaffaqiyatli chiqqanini ko‘rsatadi.
4. Zlatan Ibrahimovich, «LA Gelaksi»dan «Milan»ga (tekinga)
Zlatan hayratlantirishda davom etdi. 39 yoshida forvard hamon avvalgi kabi samarador o‘yin ko‘rsata oldi. 2020 yil yanvarida «Milanga» kelganidan buyon Ibrahimovich o‘z hisobiga 30 o‘yinda 22 gol va 7 assist yozib qo‘ydi. Ayniqsa joriy mavsum boshida uning samaradorligi o‘sib ketdi — Italiya chempionatidagi olti o‘yinda Zlatan 10 gol urishga erishdi.
Afsuski, yoshi o‘tayotgani o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda, shvetsiyalik hujumchi bir oydan buyon jarohat tufayli o‘ynay olmayapti. Ammo uning mavsum boshidagi qahramonliklari tufayli «Milan» hozirda A Seriyada yetakchilik qilmoqda. Bu shubhasiz Zlatan omili.
3. Diogu Jota, «Vulverhempton»dan «Liverpul»ga (44,7 mln yevro)
Portugaliyalik hujumchi, ko‘pchilik uchun kutilmaganda 2020/2021 yilgi mavsum boshida «Liverpul»ni «yelkasida olib yurdi». Bu vaqtda mersisaydliklar jarohat tufayli asosiy yetakchilarini yo‘qotishgandi. Jota APLda 4 o‘yinda g‘alaba goli muallifi bo‘ldi, shuningdek, YeCHL guruh bosqichida «Atalanta»ga qarshi o‘yinda het-trik qayd etdi.
Diogu universal futbolchi — u hujumdagi istalgan pozitsiyani birdek yopa oladi. Angliyadagilar Jota «Liverpul» o‘yiniga bu qadar osonlik bilan moslashib ketganidan hayratda. Britaniyalik ekspertlar u Mane-Firmino-Saloh triosini yo‘qqa chiqarishiga shubha qilishmayapti. Endi Yurgen Klopp hujum chizig‘idagi bu futbolchilarning barchasining ko‘ngliga qanday qilib birdek qaray olarkin?
2. Brunu Fernandesh, «Sporting»dan «MYU»ga (55 mln yevro)
«MYU» ushbu portugaliyalik futbolchi uchun qattiq kurashgani bejiz emasdi. Fernandesh ilk mavsumidayoq jamoa yetakchisiga aylandi, u ham gol uradi, ham jamoadoshlarini golli uzatmalar bilan ta’minlaydi va bu ishni doimiy ravishda amalga oshiradi. Joriy mavsumda Brunu 24 o‘yinda ishtirok etib, 15 gol urdi va 9 golga uzatma berdi. Bir o‘yinda u o‘rtacha 3,1 marta hal qiluvchi uzatmani amalga oshiradi — APLda bu borada faqat Grilish (3,6) va De Bryuyne (3,2) oldinda. Oxirgi o‘yinlardan birida portugaliyalik havbek «MYU»ni maydonga sardorlik bog‘ichida olib tushdi. U bunga to‘la munosib, «qizil iblislar»ning o‘yini uning atrofiga qurilmoqda va bu natija keltirmoqda.
1. Erling Holand, «RB Zalsburg»dan «Borussiya» Dortmundga (20 mln yevro)
2020 yilda Erling Holand vunderkind deb atalishdan qutuldi va top-darajadagi futbolchi sifatida tan olindi. «Borussiya» safidagi 32 o‘yinda u 33 gol urdi va 6 golga uzatma berdi. Bir o‘yinda bittadan ortiq samarali harakat!
Holand hozirda sayyoraning eng yaxshi yosh futbolchisi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 100 mln yevroga baholagan (Sancho va Felish ham shuncha turadi). Bir yil muqaddam «Borussiya» Erlingni sotib olish uchun sarflagan 20 mln yevro o‘zini ortig‘i bilan oqladi. Holand erishilgan natijalari bilan cheklanmasdan, o‘sishda davom etishi tabiiy.
192   
Добавить комментарий
Ваше имя: *