Goal24.uz » Jahon » Osiyoning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi. Jaloliddin Masharipov top-20 talikka kirolmadi

Osiyoning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi. Jaloliddin Masharipov top-20 talikka kirolmadi

Автор: admin

Fox Sports Asia portali Osiyoning 2020-yildagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Tottenhem” klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Hyon Min yaqqol ustunlik bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Son 286 ochko to‘plagan.
Keyingi pog‘onadan Eron terma jamoasi va “Zenit” klubi forvardi Sardor Azmun (89 ochko) joy olgan bo‘lsa, “Ulsan Hyunday”ning braziliyalik hujumchisi Junior Negao (83) kuchli uchlikka yakun yasadi.
“Paxtakor” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov (4) reytingning 22-pog‘onasini egalladi.
Osiyoning 2020-yildagi eng yaxshi o‘n futbolchisi bilan tanishing:
  1. Son Hyon Min (“Tottenhem”, Janubiy Koreya) — 286 ochko
  2. Sardor Azmun (“Zenit”, Eron) — 89
  3. Junior Negao (“Ulsan Hyunday”, Braziliya) — 83
  4. Andres Inyesta (“Vissel Kobe”, Ispaniya) — 44
  5. Yun Bit Garam (“Ulsan Hyunday”, Janubiy Koreya) — 30
  6. Akrom Afif (“As-Sadd”, Qatar) — 29
  7. Takefusa Kubo (“Vilyarreal”, Yaponiya) — 25
  8. Mehdi Taremi (“Riu Ave”, Eron) —24
  9. Hvan Hi Chan (“Leypsig”, Janubiy Koreya) — 22

156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *