Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Angliya liga kubogi. «Manchester derbisi»da «Siti» «MYU»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Angliya liga kubogi. «Manchester derbisi»da «Siti» «MYU»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Автор: admin

Angliya liga kubogi yarimfinal doirasida «MYU» «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘ldi.
«Old Trafford»da kechgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Stounz va Fernandino kiritgan gollar Gvardiola jamoasiga final yo‘llanmasini taqdim etdi. 
«Siti»ni finalda «Tottenhem» kutib turibdi. 
Angliya liga kubogi. Yarimfinal.
Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:2
Gollar: Stounz (50, 0:1), Fernandino (83, 0:2).
Manchester Yunayted – Henderson, Uan-Bissaka, Lindelyof, Shou, Maguayr, Pogba, Fred (van de Bek, 87), Maktominey (Grinvud, 75), Brunu Fernandesh, Reshford, Marsyal.
Manchester Siti – Steffen, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Gundo‘g‘an, Fernandino, Mahrez, de Bryuyne, Sterling, Foden.
94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *