Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Liverpul» Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda

«Liverpul» Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda

Автор: admin

Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos Yevropaning yana bir grand klubi qiziqish doirasiga tushgan.
El Chiringuito’ning xabar berishicha, jarohat sababli yetakchi himoyachilari uzoq muddatga safdan chiqqan «Liverpul» klubi Serxio Ramosni Angliyaga olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp safdan chiqqan himoyachilar Virjil van Deyk va Jozef Gomesning o‘rniga Serxio Ramos munosib nomzod deb bilmoqda. 
Avvalroq, 34 yoshli ispaniyalik himoyachiga «Pari Sen-Jermen» va «Manchester Siti» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Ramos 2005 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Serxio joriy mavsumda La Liga doirasida 13 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ramos «Real» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayotgani tufayli yozda klubni tark etishi kutilmoqda.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *