Goal24.uz » O'zbekiston » Ispaniyalik mutaxassis «Mash’al» bosh murabbiyiga aylandi

Ispaniyalik mutaxassis «Mash’al» bosh murabbiyiga aylandi

Автор: admin

Ispaniyalik murabbiy Serxio Marinangeli Muborakning «Mash’al» klubi bosh murabbiyiga aylandi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Bungacha jamoani boshqargan katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev esa jamoa boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan.
«O‘ylaymizki, yangi murabbiyimiz jamoamizga o‘ziga xos yangilik olib kiradi», - deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, Marinangeli bunga qadar Pro ligada Toshkentning «Oq-tepa» jamoasida ishlab kelayotgandi. 
Shuningdek, ispaniyalik  mutaxassis 2015-2017 yillar davomida Ekvatorial Gvineya milliy jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan hamda 2015 yilgi Afrika Millatlar kubogida yarimfinal bosqichigacha olib borib qit’aning kuchli to‘rt jamoasi qatoridan joy olishida katta hissa qo‘shgan.
Mariangeli faoliyati davomida murabbiy sifatida 2014-2015 yillarda Ispaniya chempionati Segunda vakili «Eskuyela Futbol Aluche» jamoasida bosh murabbiy, 2016-2017 yillarda Madrid yoshlar jamoasi bo‘lmish «Yunion Deportiva Tres Santos» klubida, 2017 yildan bugungi kungacha esa Madrid ligasining «Iglesias La Vid» klubida faoliyat yuritib kelgan. 2019 yilda UEFA Pro litsenziyasini qo‘lga kiritgan. «Real», «Atletiko» klublarida malaka oshirgan, shuningdek APL ishtirokchisi «Lids» klubi bosh murabbiyi Marselo Belsa qo‘l ostida amaliyot o‘tagan.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *