Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Karpin Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligini izohladi

Karpin Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligini izohladi

Автор: admin

«Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligini izohladi.
«Agar bu rost bo‘lsa, Eldor nega o‘tmasligi kerak? Bo‘ridan qo‘rqqan – o‘rmonda yurmaydi», - deydi Karpin «Sport Espress» muxbiri bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2018-2020 yillar davomida «Rostov»da Valeriy Karpin qo‘l ostida to‘p surgan.
Avvalroq, Tuttosport nashri «Yuventus» klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandi. 
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumda «Rostov»dan «Jenoa»ga 7,5 million yevro evaziga o‘tgandi. Eldor Italiya A Seriyasi joriy mavsumida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta uzatmaga mualliflik qilgan. 25 yoshli forvard so‘nggi ikki o‘yinida jamoasining eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.
274   

Комментарии
(1)

  1. Xusniddin 9 января 2021 06:04
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    O'tsa yaxwi albatta lekin zaxirada qolib ketsa amalyot kam boladimikin
Добавить комментарий
Ваше имя: *