Goal24.uz » O'zbekiston » Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Abdumavlon Abdujalilov va Sadriddin Abdullayev «Lokomotiv»ga o‘tdi

Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov, Abdumavlon Abdujalilov va Sadriddin Abdullayev «Lokomotiv»ga o‘tdi

Автор: admin

Yangi mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yayotgan «Lokomotiv» o‘z safini to‘rt nafar yangi futbolchi bilan to‘ldirib oldi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
O‘tgan mavsumni «Bunyodkor» tarkibida o‘tkazgan darvozabon Abdumavlon Abdujalilov, himoyachi Islom Qobilov hamda yarimhimoyachi Sanjar Qodirqulov «temiryo‘lchilar» bilan shartnoma imzolashdi. 

Islom Qobilov va Abdumavlon Abdujalilov bilan ikki yillik, Sanjar Qodirqulov esa bir yillik bitimga imzo chekilgan. 
Shuningdek, «Paxtakor»ni tark etgan 34 yoshli yarimhimoyachi Sadriddin Abdullayev ham «Lokomotiv» jamoasi tarkibiga kelib qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» kuni kecha portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyrani bosh murabbiy sifatida e’lon qilgandi.
69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *