Goal24.uz » O'zbekiston » Marat Miftaxutdinov: «Bunyodkor»ni besh nafar futbolchi tark etdi»

Marat Miftaxutdinov: «Bunyodkor»ni besh nafar futbolchi tark etdi»

Автор: admin

«Bunyodkor» klubi katta murabbiyi Marat Miftaxutdinov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda jamoani tark etgan futbolchilar haqida to‘xtaldi.
«Jamoamizni bir nechta futbolchi tark etdi. 38 yoshli himoyachimiz Anvar G‘ofurov futbol bilan xayrlashdi. Shuningdek, Dilshod Ahmadaliyev OKMKga, Sanjar Qodirqulov, Islom Qobilov va Abdujalil Abdumavlonov «Lokomotiv»ga o‘tib ketishdi. Barchasining «Bunyodkor» bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetgandi. Milliy jamoa a’zosi bo‘lgan futbolchilarni o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘ladi. Ammo bu uddalab bo‘lmas ish emas.

Yodingizda bo‘lsa, ikki yil avval hozirgi murabbiylar shtabi klubga kelganida bu futbolchilarni ko‘pchilik tanimasdi. Ikki yillik mehnatimiz natijasi hamda futbolchilarning ishtiyoqi evaziga ular milliy jamoa a’zosi bo‘lishdi. Natijada boshqa klublar ularni o‘z saflarida ko‘rishni xohlashdi. Bu ham futbolning bir qismi. Futbolchiga qaysi klub yaxshi sharoit taklif qilsa, o‘sha yerda to‘p surishi aniq. Biz ularga omad tilaymiz. «Bunyodkor» maqsadlari sari harakat qilishda davom etadi. Mavsum oldi mashg‘ulotlarni boshlab yubordik. Bir qancha yangi nomzodlarni ko‘rikdan o‘tkazayapmiz. O‘zgarishlarga qaramay, «Bunyodkor» o‘zi ishtirok etadigan har qanday musobaqada faqat yuqori o‘rinlar uchun kurashadi. Milliy jamoaga ham yangi nomlarni kashf etib berishga davom etamiz», - deydi «Bunyodkor» klubi katta murabbiyi Marat Miftaxuddinov Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida O‘FA matbuot xizmati «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov 2021 yildan boshlab faqat milliy jamoada faoliyat yuritishi haqida ma’lum qilgandi. Vadim Karlenovich esa «Bunyodkor»ni tark etsa, aksariyat futbolchilar klubdan ketishi mumkinligini ta’kidlagandi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *