Goal24.uz » O'zbekiston » Ilyos Zeytullayev: «Yuventus»ning qiziqishi – Eldorning mehnati mahsuli»

Ilyos Zeytullayev: «Yuventus»ning qiziqishi – Eldorning mehnati mahsuli»

Автор: admin

«Yuventus» va O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Ilyos Zeytullayev «Jenoa» forvardi Eldor Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
«Bu xabarni eshitib, juda ham xursand bo‘ldim. Chunki bu O‘zbekiston futboli uchun muhim. Har holda o‘zbek futbolchisi uchun jahonning top-klublari qiziqayotgani haqida xabar har kuni ham chiqmaydi.
O‘zbekistonlik, umuman xorijlik futbolchining Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi va klubiga moslashish jarayoni qay daraja qiyin ish ekanligini bilaman. Har qanday qiyinchiliklarga qaramay, Eldorga har bir mashg‘ulotda ko‘proq ishlab, o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatishini tilab qolaman. Oxirgi o‘yinlarda u o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda va yaxshi sport formasiga ham kirib oldi. U haqda faqat yaxshi gaplar eshitayapman. 
Men ekspert yoki insayder bo‘lmasam-da, «Yuventus»ning qiziqishi haqida gap chiqdimi, demak Turin klubi tomonidan haqiqatdan ham e’tibor bo‘lgan. Har holda bu klubning Morataga o‘rinbosar qidirayotgani aytilayotgandi. Eldor – juda ham iqtidorli futbolchi. U o‘zini ko‘rsatishda davom etsa, unda katta klublarda o‘ynash uchun imkoniyat bo‘ladi. Xudo xohlasa, u hali «Latsio», «Milan», «Inter» yoki «Yuventus»dan chaqiruv oladi. Shomurodovga katta klublar qiziqayotgani eng avvalo uning o‘zini mehnati samarasi. Aytaylik, agentlaring ming zo‘r bo‘lsa, ammo o‘zing futbol o‘ynay olmasang, e’tiborga tushmaysan. Chunki agentlar sening o‘rningga futbol o‘ynab bera olishmaydi», - deydi o‘zbekistonlik sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ilyos Zeytullayev futbolchilik faoliyati davomida «Jenoa» va «Yuventus» sharafini himoya qilgandi.
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *